Bu yil 10 ta viloyatda Prezident maktablari ochiladi
2021/22 o‘quv yilidan o‘nta yangi Prezident maktabi ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu yil ularga 5-10-sinflar kesimida jami 144 nafar o‘quvchi saralab olinadi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova yangi tashkil etiladigan Prezident maktablari haqida ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2021/22 o‘quv yilidan Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Qashqadaryo, Andijon, Guliston, Navoiy, Termiz, Nurafshon shaharlarida yangi Prezident maktablari ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
«Hozirda Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Qarshi shahridagi maktablarimiz 98 foiz tayyor. Ya'ni sentyabrga tayyor bo‘lishadi. Andijon, Guliston, Navoiy, Termiz, Nurafshon shahridagi maktablarimizda qurilish ishlari boshlangan. Hozirda 30-40 foiz. Lekin bu yil qabulga, balki 1 oy kechikish bilan tayyor bo‘lishi mumkin.
Hozir shu zaxira bilan rejalashtiryapmiz. Lekin bu yilga 10ta hudud, ya'ni 10ta maktabni ochishni rejalashtirganmiz. Hozir har hafta o‘zimiz qurilish ishlarini nazoratga olib turibmiz», – dedi agentlik rahbari.
Qayd etilishicha, yangi tashkil etiladigan Prezident maktablarining 1-yilida 5-10-sinflar kesimida jami 144 nafar o‘quvchi saralab olinadi.
Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, 2ta sinfga bir xil – 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi.
Shuningdek, agentlik direktori ota-onalardan Prezident maktablariga ariza to‘ldirayotganda e'tiborli bo‘lishni so‘radi.
«Ko‘pchilik ota-onalar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlarining telefon raqamlarini kiritishmaydi. Bu telefon raqami doimiy biz bilan bog‘liq, ya'ni unga avtomat sms-xabarlar boradi. Shu sababli keyinchalik e'tirozlar bo‘lmasligi uchun yo ota, yo ona o‘zining doimiy ishlaydigan telefon raqamini kiritishini so‘rab qolamiz», – dedi Hilola Umarova.
Mavzuga oid:
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi
O‘zbekiston | 14:03
-
Hindistonda kuchli yomg‘ir 44 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Jahon | 13:35
-
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi
Jamiyat | 13:27
-
YeMB tanaffusdan oldin yana asosiy stavkalarni pasaytiradi
Iqtisodiyot | 13:14
Mavzuga oid

15:25 / 04.06.2021
Qaysi hollarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabul qilinmasligi ma'lum bo‘ldi

17:31 / 21.05.2021
Yangi O‘zbekiston universiteti tashkil qilinadi – Behzod Musayev

09:12 / 12.05.2021
Prezident maktablariga kirish imtihonlari bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi

18:31 / 11.05.2021