Bu yil qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi?

Adliya vazirligi bu yil qaysi oliy ta'lim muassasalari filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochilishi to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida:
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi;
- Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi;
- Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi;
- O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida o‘quv jarayoni boshlanadi;
- “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
- Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti o‘z faoliyatini boshlaydi;
- Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros obektlarini asrash fakultetlari ochiladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston milliy jamoasining barcha vakillari mukofotlanadi
Sport | 11:31
-
Rossiyalik oligarxlar YeI sanksiyalari bo‘yicha sud jarayonida navbatdagi mag‘lubiyatga uchradi
Jahon | 11:22
-
O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:17
-
Tesla va Trampning firmalari aksiyalari Mask bilan bahsdan keyin quladi
Jahon | 11:13
Mavzuga oid

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi

13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

09:04 / 10.02.2025