Farg‘onada 550 mln so‘mlik ko‘mir «qora bozor»da sotib yuborilgan
Oltiariq tumanida 852 ming tonna ko‘mir mahsulotlarini talon-toroj qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 avgust kuni Farg‘ona viloyati IIB TXTBga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra, shu yil 6 iyul kuni Qo‘qon birlashgan yonilg‘i ombor xo‘jaligi Farg‘ona viloyati Oltiariq ko‘mir ombori ko‘rikdan o‘tkazilgan.
IIV ma'lumotiga ko‘ra, Oltiariq ko‘mir ombori mudiri lavozimida ishlovchi fuqaro o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan umumiy narxi 541 020 000 so‘mlik 852 000 tonna “BR3” markali ko‘mir mahsulotlarini o‘z manfaatini ko‘zlab “qora bozor”da sotib yuborgani ma'lum qilinib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi hamda yetkazilgan moddiy zarar undirilishida amaliy yordam berilishi so‘ralgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqaro o‘ziga biriktirilgan, aholi va budjet tashkilotlariga tarqatilishi lozim bo‘lgan 852 000 tonna “BR3”markali ko‘mir mahsulotlarini pulini keyinchalik berish sharti bilan tanishlariga arzon narxda sotib yuborgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml: Ukraina bilan muzokaralar yangi bosqichi memorandumlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng kelishiladi
Jahon | 14:25
-
Orolbo‘yi iqlimida yog‘ingarchilikni modifikatsiyalash texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:24
-
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi
O‘zbekiston | 14:03
-
Hindistonda kuchli yomg‘ir 44 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Jahon | 13:35
Mavzuga oid

20:20 / 05.02.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan ko‘mir import qilishni boshlaydi

12:43 / 05.02.2025
OAV: Yanukovichning o‘g‘li bosib olingan yerlardan olingan ko‘mir savdosi bilan shug‘ullanyapti

07:37 / 24.12.2024
Aholini ko‘mir bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘ni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi

21:54 / 23.12.2024