Andijonda kuzatilgan quyun yuzasidan rasmiy izoh berildi

Avvalroq sahifamiz orqali #Kunmobilmuxbiri’ning Andijon tumani Bo‘taqara qishlog‘ida tornadoga o‘xshash changli shamol kuzatilayotgani to‘g‘risidagi videosini e'lon qilgan edik.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 25 avgust kuni soat 15:00 va 16:30 orasida Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent viloyati ayrim hududlarida kichik maydonda atmosfera bosimi farqlarida keskin o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Bu Tojikiston Respublikasi baland Pomir tog‘liklaridagi yuqori bosimli hudud hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida past bosimli hududlarning keskin rivojlanish fonida yuz bergan.
Natijada, ayrim joylarda kichik shamol uyirmalari, boshqacha aytganda, quyun hodisalari kuzatilgan.
«Quyun hodisalari, uzoq muddatli yog‘ingarchiliksiz yoz kunlarida tez-tez kuzatiladigan hodisa bo‘lib, bu tabiat hodisalari O‘zbekiston sharoitida xavfli po‘rtanalarni keltirib chiqarmaydi», — deyiladi O‘zgidromet xabarida.
Mavzuga oid

00:51 / 18.06.2025
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

09:53 / 15.06.2025
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi

22:28 / 03.06.2025