ITB O‘zbekistonda onkologik xizmatlarni rivojlantirish uchun 80 million dollar ajratadi
Islom taraqqiyot banki onkologik xizmatlarni rivojlantirish uchun 80 million dollar, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi huzurida Islom taraqqiyotining aqlli sinfini tashkil etish uchun 51,5 million dollar mablag‘ ajratadi. Shuningdek, O‘zbekistondagi 4ta xususiy bankning har biriga 10 million dollar miqdorida pul ajratilishi bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda onkologik xizmatlarni rivojlantirish loyihasini qo‘llab-quvvatlash uchun 80 million dollar ajratadi. Kelishuv bugun, 4 sentyabr kuni Toshkentda yakunlanayotgan ITB boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishi doirasida imzolandi.
Loyihaning maqsadi – onkologiya markazlarini qurish/qayta tiklash va jihozlash, institutsional va kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ko‘rsatmalar va bayonnomalarni ishlab chiqish va yangilash, tegishli tibbiyot kasblarini yaratish va yangilash orqali xavfsiz va yuqori sifatli onkologiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdir.
Shu jumladan, o‘quv dasturlari, akademik ta'lim, klinik tayyorgarlik, radiatsiyadan himoya va xavfsizlikning yuqori darajasini ta'minlash bo‘yicha ishlar olib boriladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi huzurida Islom taraqqiyotining aqlli sinfini tashkil etish uchun 51,5 million dollar yordam granti taqdim qilinadi. Ikki tomonlama shartnoma Xalqaro islom Akademiyasi rektori Bahrom Mamadiyev va ITB Mamlakat dasturlari bo‘yicha vitse-prezidenti Mansur Muxtor o‘rtasida imzolandi.
Shuningdek, O‘zbekistondagi 4ta xususiy bank: Kapitalbank, Trastbank, Orient Finans Bank va InFinBank bilan har biriga 10 million dollar miqdorida pul ajratilishi bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu mablag‘lar banklar tomonidan sog‘liqni saqlash sohasini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, shariatga muvofiq O‘zbekistondagi COVID-19 pandemiyasidan zarar ko‘rgan, xususiy sektor va tadbirkorlik sub'yektlarining mudofaa, sayyohlik, hordiq chiqarishga o‘xshash faoliyat turlaridan tashqari barcha iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 08:16
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
-
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi
Jahon | 00:21
-
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Fan-texnika | 00:05
Mavzuga oid

15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi

10:41 / 16.01.2025
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga bosh shifokor tayinlandi

11:00 / 15.10.2024
O‘zbekiston va Vengriya saraton kasalligini davolash sohasida hamkorlik qiladi

20:54 / 05.06.2024