Navoiy viloyatining turizm qishlog‘i – Sentobda nimalarni ko‘rish mumkin?
Nurota tumani markazidan 120 km uzoqda joylashgan Sentob qishlog‘i so‘lim tabiati bilan sayyohlar e'tiboriga tushgan. O‘zining qadim tarixini saqlab qolgan, tog‘lar orasida joylashgan ushbu qishloqda hayrat bilan tomosha qilish mumkin bo‘lgan joylar ko‘p.

Sentob Navoiy viloyatining turizm qishloqlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda keyingi yillarda sayyohlar uchun mehmon uylari tashkil etilib, hududning diqqatga sazovor joylariga turistik marshrutlar tuzildi.
Baland tog‘lar, tik qoyalar qishloqning tabiatiga o‘zgacha go‘zallik bag‘ishlagan. Mazkur qoya toshlarda V-VI asrlarga oid petrogliflarni, XI-XVIII asrlarga oid toshga o‘yilgan yozuvlarni ko‘rish mumkin. Shuningdek, tog‘ tepasida ko‘hna qo‘rg‘on qoldiqlari bor. Mahalliy aholining aytishicha, ushbu qo‘rg‘onda yaqin yillargacha insonlar istiqomat qilgan.
3 ming nafarga yaqin aholi yashaydigan qishloqning asosiy ichimlik suv manbai “Ako” chashmasi hisoblanadi. Suvi sira kamaymaydigan ushbu chashma ancha chuqurda joylashgan. Unga so‘qmoq yo‘l orqali tushib boriladi. Odamlar eshaklar yordamida chashmadan suv tashib ketishadi.
“Keyingi yillarda qishlog‘imizga Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya, Avstraliya, Shveytsariya, Belgiya kabi davlatlardan sayyohlar oqimi ko‘paydi. Ular tarixiy joylarimizni ko‘rib, tog‘ marshrutlariga borishadi. Hududimizda qadimiy joylarimiz ko‘p. Buloqlarimiz, ko‘llarimiz, sharsharalarimiz, tog‘ tepasida qo‘rg‘on qishlog‘imiz bor. Sayyohlar asosan shularni tomosha qilishadi”, — deydi “Guest House Mutabar’S” mehmon uyi rahbari Shodiboy Boboyev.
Sentobning eng diqqatga sazovor joyi dengiz sathidan 1 644 metr balandlikda, tog‘lar ustida joylashgan Fozilmon ko‘lidir. Uning uzunligi 300, kengligi 150 metr.
Navoiy viloyati turizm va sport boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, Sentobda yaqin yillarda mehmon uylarini ko‘paytirish va sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ruslan Saburov, Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi — Jahongir Aliboyev.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘ksaroyda Robert Fitsoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 12:06
-
Hafta davomida yomg‘irli kunlar bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:05
-
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 11:40
-
O‘zbekistonda dalalarda somon yonishi sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatilmoqda
O‘zbekiston | 11:33
Mavzuga oid

08:20
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqmoqda?

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

13:27 / 06.06.2025
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi

12:05 / 02.06.2025