Tojikiston Baydenning bayonoti yuzasidan e'tiroz bildirdi

Tojikiston tashqi ishlar vazirligi AQShning Dushanbedagi elchisi Jon Mark Pommershaymni chaqirtirib, unga AQSh prezidenti Jo Baydenning Tojikiston haqidagi so‘zlari uchun norozilik notasi topshirdi.
Ta'kidlanishicha, notada “bunday bayonotlar do‘stona munosabatlar va sheriklik ruhiga to‘g‘ri kelmasligi” aytilgan.
Shu bilan birga, Tojikiston AQSh bilan hurmat va o‘zaro ko‘makka asoslangan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdorligi aytilgan.
Bir necha kun avval Bayden Tojikiston nomiga bahsli so‘zlar aytgan. U o‘z nutqlaridan birida Kobul aeroportida afg‘onlar AQSh samolyoti qanotlari va shassisiga chirmashib qochishga uringan, so‘ngra balandlikdan qulagan vaziyat Tojikistondan AQSh tarafdorlari evakuatsiya qilinganda ham yuz berishi mumkinligini aytgan.
“Misol uchun, biz Tojikistonda bo‘lganimizda va S-130 samolyotini uchish yo‘lagiga olib chiqib, bizni xush ko‘ruvchi barchaga samolyotga chiqishni aytganimizda, u yerda ham shassiga osilib olgan odamlarni ko‘rgan bo‘lardik”, deb aytgan Bayden.
AQSh prezidenti shu so‘zlari bilan Afg‘oniston bo‘yicha qarorini yana bir bor himoyalashga uringan.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
-
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 22:28 / 23.06.2025
Mavzuga oid

18:46 / 17.06.2025
Rossiya Tojikistonning elektr energiyasidan 297 million dollar qarzini kechadi

08:50 / 14.06.2025
Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

20:16 / 13.06.2025
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi

17:15 / 05.06.2025