Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kechki vaqtda fuqarolar o‘rtasida yuz bergan janjal bo‘yicha ma'lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida fuqarolar o‘rtasida yuz bergan mojaro aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Joriy yilning 31 oktyabr kuni taxminan soat 22:00larda Bog‘ishamol ko‘chasida bir nechta fuqarolar o‘rtasida janjal yuz bergan.
Xususan, 30 yoshli J.I. va uning tanishlari - 30 yoshli M.X., 39 yoshli J.A., 24 yoshli U.R., 37 yoshli X.A., 27 yoshli X.S., 30 yoshli U.D. o‘zaro janjallashgan.
Natijada, gumonlanuvchilardan biri - 30 yoshli J.I. qochmoqchi bo‘lgan « Chevrolet Equinox» rusumli avtomobilga zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» va «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

12:30 / 19.07.2025
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi

18:43 / 07.07.2025
Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi

10:11 / 05.07.2025
Andijon shahrida erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi

21:17 / 03.07.2025