Qashqadaryo hokimligida yangi lavozim joriy etiladi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Prezidentning “Qashqadaryo viloyatining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat qishloq va suv xo‘jaligi tarmog‘idagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, hududda agrar tarmoqning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining mas'uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan.
Qaror bilan Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilmoqda.
Unga quyidagi vazifalar yuklanadi:
- qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini rivojlantirish;
- yangi intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo qilish va issiqxonalarni tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta'minlash;
- tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish;
- innovatsion ishlanmalar, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va AKTlarini qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga joriy etish;
- chorva mollari bosh sonini, go‘sht, sut, tuxum, baliq va asal ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta'minlash.
Qashqadaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
-
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:00
Mavzuga oid

17:29 / 05.06.2025
Qashqadaryodagi «Langar ota» masjidi AQSh elchixonasi mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlandi

20:10 / 03.06.2025
Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilgan haydovchi ushlandi

18:46 / 31.05.2025
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi

16:22 / 31.05.2025