“Hech qaysi filmda ayollarga nisbatan bu qadar nafrat ko‘rmaganman” - Saida Mirziyoyeva “Sabriya” seriali haqida
“Ushbu serialda ayollar fikri tor, makkora, zaifa, hayotdagi hamma balolarga sababchi qilib ko‘rsatilgan”, – deya muhokamalarga sabab bo‘lgan “Sabriya” milliy seriali haqida fikr bildirdi Mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva. U badiiy kengashlar va mutasaddi tashkilotlarni bunday kontentga qonun va etika nuqtayi nazaridan xulosa berishga chaqirdi.

Foto: Mass-media fondi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Sevimli” telekanalida efirga uzatilayotgan “Sabriya” milliy serialining mazmuni axloqsizlik va ayollarni yomonotliq ko‘rsatishga yo‘g‘rilgani tanqid ostiga olinmoqda.
Mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva serial borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashib, “hech qaysi filmda ayollarga nisbatan bu qadar nafrat ko‘rmagani”ni bildirdi.
“Mamlakatimizda, shubhasiz, so‘z va ijod erkinligi mavjud.
Lekin bir tomoshabin sifatida “Sevimli” kanalida praym-taym vaqti namoyish etilayotgan, millionlab teletomoshabinlarning diqqatini tortgan “Sabriya” milliy serialiga nisbatan shaxsiy munosabatimni bildirishga haqliman, deb o‘ylayman.
Badiiy saviya haqida gapirib ham o‘tirmayman, unaqa narsaning o‘zi yo‘q. Serial mualliflari orasida birorta ayol yo‘qligiga ham ishonchim komil. Chunki hech qaysi filmda ayollarga nisbatan bu qadar nafrat ko‘rmaganman.

Syujyetda giyohvand moddalarni iste’mol qilish bo‘yicha aniq va batafsil yo‘riqnoma ko‘rsatishdan maqsad nimaligi ham tushunarsiz. Bu holatdan hech qanday xulosa chiqarilmagan. Hamkasb-ayollar o‘rtasidagi zahar-zaqqumga to‘la raqobat g‘oyasi-ku, umuman, ayollarni odam o‘rnida ko‘rmaydigan latifabozlardan ilhomlanib yozilgandek. Vanihoyat, eng yoqimsiz va jirkanch epizodlar – ayollarga nisbatan zo‘ravonlik sahnalari hamda isnoddan qutulishning yagona “to‘g‘ri” yo‘li – o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq. Naqadar “dono” maslahat!
Ushbu serialda ayollar fikri tor, makkora, zaifa, hayotdagi hamma balolarga sababchi qilib ko‘rsatilgan.
Badiiy kino – jamiyatdagi qarashlarni shakllantiradigan vositalardan biridir. Umuman, kimki ommaga ta’sir o‘tkaza olsa, og‘zidan chiqqan har bir so‘z uchun mas’uldir.
Biz gender tengligi va ayollarga ehtirom masalasini aholi ongiga singdirish uchun zo‘r berib harakat qilayotgan bir paytda bunday seriallar gender tengligi rivojlanishiga shaksiz to‘sqinlik qiladi. Ularda hech qanday sog‘lom fikr yo‘q. Bu – O‘zbekistondagi turmush tarzi borasida ijodkorlarning buzuq fantaziyasi, xolos.
Nima deb o‘ylaysiz, o‘zbekistonlik ayollarning obro‘yiga jiddiy putur yetkazayotgan bunday sayoz “ijod namunalari” yaratishni bas qilishni talab etishga haqlimizmi? Qanday qilib o‘z joniga qasd qilishni ekranda ko‘rsatish mumkin axir?
Men badiiy kengashlar va mutasaddi tashkilotlarni bu kabi kontentga qonun va etika nuqtayi nazaridan xulosa berishga chaqiraman. Ayollarimiz bunday munosabatga loyiq emas! Bu ham xususiy, ham davlat kinematografiga birdek taalluqli!” – deya yozdi Saida Mirziyoyeva Telegram'dagi kanalida.
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar ortidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi serial bo‘yicha ekspertiza tayinlagan.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Orzudagi mundial yo‘llanmasi va qonun ustuvorligida pasayish - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:21
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
Mavzuga oid

15:10 / 01.06.2025
Saida Mirziyoyeva Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

00:30 / 30.05.2025
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuv o‘tkazdi

23:16 / 28.05.2025
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya prezidenti administratsiyasi rasmiylari bilan uchrashdi

22:17 / 28.05.2025