Ikkita hududda elektr ta’minoti to‘liq tiklangani, vaziyat prezident nazoratida ekani ma’lum qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Energetika vazirligi.

Vazirlik soat 16:59da bergan ma’lumotga ko‘ra, Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti qisman tiklangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Sherzod Asadov vaziyatni shaxsan davlat rahbari nazorat qilib turganini ma’lum qildi.
“Ta’kidlash kerakki, vaziyat shaxsan Prezidentimiz nazorati ostida. O‘zbekiston energiya tizimini barqarorlashtirish hamda elektr ta’minoti va boshqa tarmoqlar ishini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida deyarli har daqiqa davlatimiz rahbariga axborot berib borilmoqda.
Shunday ekan, barchangizni xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolamiz. Vahimaga o‘rin yo‘q”, – deya yozdi Sherzod Asadov Telegram-kanalida.
Avvalroq prezident topshirig‘i bilan hodisa sabablarini o‘rganish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgan edi.
25 yanvar kuni soat 11:00larda O‘zbekistonning aksar hududlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Toshkent metropoliteni faoliyati to‘xtadi, aeroportlar muayyan vaqtga yopildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” ayrim yo‘lovchi poyezdlarning o‘z manzillariga yetib borishi kechikishidan ogohlantirdi.
Toshkentda svetoforlar ishlamay qolgani tufayli yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda, Toshkent shahar IIBB tirbandliklarning oldini olish maqsadida zarurat bo‘lmasa ko‘chaga shaxsiy mashinada chiqmaslikni tavsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Better Cotton dasturi qamrovi kengaytiriladi
O‘zbekiston | 12:56
-
Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi
Jahon | 12:36
-
Toshkentda tez yordam mashinasi va Spark to‘qnashdi
O‘zbekiston | 12:04
-
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 11:54
Mavzuga oid

19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi

13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi

15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi

20:09 / 03.02.2025