Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning barcha aeroportlarida elektr ta’minoti tiklandi

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning barcha aeroportlarida elektr ta’minoti tiklandi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha:
- soat 22:50 da Namangan aeroporti elektr energiyasiga ulangan;
- soat 00:43 da Qarshi aeroportida elektr ta’minoti tiklangan;
- soat 00:45 da Termiz aeroportida elektr energiyasi ulangan;
- soat 02:40 da Buxoro aeroportida elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
- soat 02:40 da Farg‘ona aeroportida elektr ta’minoti to‘liq tiklangan. Kecha kechqurun qisman ulanish haqida xabar berilgan edi.
Bundan oldin, O‘zbekiston aeroportlari faoliyati elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli to‘xtatilgandi.
Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Termiz, Qarshi, Urganch, Buxoro, Nukus va Samarqand aeroportlarida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar kuzatildi. Elektr energiyasi faqat Navoiy aeroportida mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid

18:03 / 09.07.2025
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

15:51 / 05.07.2025
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi

12:47 / 04.07.2025
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi

21:44 / 26.06.2025