O‘zbekiston hududiga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni yashirincha olib kirishga uringanlar qo‘lga olindi
Toshkent va Farg‘ona viloyatlari bojxona postidan O‘zbekiston hududiga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni yashirincha olib kirishga uringanlar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro Ye.A. boshqaruvidagi “Toyota land cruiser” rusumli avtotransport vositasida tegishli hujjatlari va og‘zaki so‘rovda aytilmagan 1 dona pnevmatik to‘pponcha, 2 dona pnevmatik to‘pponcha uchun gaz ballon hamda 310 dona pnevmatik o‘qlar borligi aniqlandi.

Bundan tashqari Toshkent viloyati “S.Najimov” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro A.I. boshqaruvidagi avtotransport vositasida changyutgich ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1 dona pnevmatik to‘pponcha hamda 243 dona pnevmatik to‘pponcha uchun mo‘ljallangan o‘qlar borligi aniqlangan.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati “Farg‘ona aeroporti” chegara bojxona postida xorijdan uchib kelgan fuqaro D.J.ga tegishli yuklar orasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 2 dona 12 kalibrli ov qurollari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

21:25 / 25.06.2025
Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi

17:42 / 25.06.2025
«Toshkent metropoliteni» tirbandliklar haqidagi e’tirozlarga javob qaytardi

11:22 / 25.06.2025
Toshkentda bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi

21:42 / 24.06.2025