General Motors avtokonserni Spark ishlab chiqarishni to‘xtatadi
General Motors kompaniyasi yildan yilga talab pasayib borayotganligi bois Spark ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatib, uning o‘rniga Trax (Tracker) rusumli avtomobillar ishlab chiqarishni boshlaydi.

Foto: UzAuto Motors
General Motors (AQSh) avtokonserni 2022 yilning avgustidan boshlab Spark avtomobili ishlab chiqarilishini to‘xtatadi.
Bu 2021 yilda ushbu modelning sotuvi keskin pasayib ketgani bilan izohlangan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilda GM atigi 24 459 dona Spark sotgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga kam.
Bundan avval ham kompaniya tomonidan Chevy Cruze, Sonic va Impala avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatilgandi. Hozirda uchta rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda: Camaro, Corvette va Malibu.
Kelley Blue Book ma’lumotlariga ko‘ra, Spark Amerikaning eng arzon elektromobili (boshlang‘ich narxi – 13 600 dollar) bo‘lgan va endilikda uning o‘rniga Trax (Tracker, boshlang‘ich narxi 21 400 dollar) avtomobili ishlab chiqariladi.
«O‘zavtosanoat» axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Spark ishlab chiqarish to‘xtatilishi reja qilinmagan. Chunki bu modelga xaridorlar o‘rtasida talab anchayin yuqori hisoblanadi.
UzAuto Motors'dan ma’lum qilishlaricha, kompaniya 2022 yil iyul oyidan Tracker avtomobilini ishlab chiqara boshlashni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda hafta davomida issiq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:46
-
Turkiya va Pokiston razvedka xizmatlari IShID yetakchilaridan birini qo‘lga oldi
Jahon | 11:24
-
Tramp maxsus vakili HAMASning AQShga javobini «mutlaqo qabul qilib bo‘lmas» deb atadi
Jahon | 11:09
-
O‘zbekiston va Malayziya maktab o‘qituvchilari malakasini oshiradi
O‘zbekiston | 10:51
Mavzuga oid

08:26 / 16.04.2025
Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi

08:40 / 01.04.2025
Andijonda Spark YPX xodimini urib yubordi

09:08 / 27.03.2025
Yangihayot tumanida Spark, Nexia-3 va Malibu-2 to‘qnashdi

15:48 / 03.02.2025