Andijonda 2,3 mlrd so‘mlik tovarlarni olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
“MAN” rusumli yuk mashinasida umumiy qiymati 2 mlrd 306 mln so‘mlik 13 521 dona idish va 2040 dona suv nasosi borligi aniqlangan.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada, avtomashinada hujjatlarda ko‘rsatib o‘tilmagan, umumiy qiymati 2 mlrd 306 mln so‘mlik 13 521 dona idish va 2040 dona suv nasosi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

09:53
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi

13:07 / 11.06.2025
Aeroportda 970 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

22:28 / 03.06.2025