Maksim Shatskix - Superliga saviyasi, «Paxtakor» va Shomurodov haqida
25 iyul kuni «Paxtakor» bosh murabbiyiga aylangan Maksim Shatskix ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda mutaxassis OAV xodimlari savollariga javob berdi.

«Chempionat saviyasiga klublarning xalqaro o‘yinlari va milliy jamoa natijalariga qarab baho berish mumkin. Superligada yuqori o‘rinlar uchun jiddiy kurash kechmoqda. Milliy chempionat yildan yilga o‘sib bormoqda.
Klubga sport direktori sifatida kelgandim. Keyin bosh murabbiylikka taklif qilishdi. Bir qarorga kelishda o‘ylab o‘tirganim yo‘q.
Har bir chiziqda 2 nafardan futbolchi bo‘lishi kerak. Futbolchilar raqobatsiz o‘smaydi. Raqobat bo‘lmasa, o‘yinchi o‘sishdan to‘xtaydi va ruhiy qiyinchilikka duch keladi.
Yetakchilar bilan shartnomani 2-3 yilga uzaytirdik. Bu murabbiylar shtabini tinchlantiradi. Jamoa shakllantirishda uzoq yillik bitimlar muhim.
Lobanovskiy taktikasidan foydalanamanmi? Futbol yillar davomida o‘zgardi va boshqa yo‘nalishda rivojlanmoqda. Hozir boshqa avlod o‘ynamoqda. Oldin ekologiya ham boshqacha edi.
Muxlislar? Ular jamoani har qanday holatda qo‘llab-quvvatlab turishlari kerak. Qo‘rqayotganim yo‘q. Nazorat qo‘ldan chiqsa, bu yerda bo‘lmasligim aniq.
Hozir «Paxtakor» jamoasi bosh murabbiyiman, milliy jamoa haqida o‘ylamayapman. Maqsadlarimizdan biri — milliy jamoaga futbolchi yetkazib berish. Bor e’tiborim «Paxtakor» rahbariyati oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajarishga qaratilgan.
Shomurodov milliy jamoadagi gollar soni bo‘yicha (31) rekordimni (34) yangilashga yaqin? Bu yo‘lda unga omad tilayman. Uning o‘yinlarini kuzatib boraman. U — ayni paytda O‘zbekistonning eng kuchli hujumchisi. Afsuski, klubida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. U milliy jamoaga foyda keltirishi uchun doim o‘ynashi kerak», — deya Shatskixning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
-
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi
Jahon | 00:21
-
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Fan-texnika | 00:05
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025