6 oyda qaysi hududlarda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘ldi
6 oyda 24 572 ta nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha 24 572 ta nikohdan ajrashish holati qayd etilgan bo‘lib, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajrashish soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.
Hududlar kesimida nikohdan ajrashishlar soni bo‘yicha eng ko‘p Toshkent shahri (2950 ta) va Samarqand viloyatida (2569 ta) qayd etilgan bo‘lsa, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajrashish soni bo‘yicha Toshkent shahri (2,1 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekani kuzatildi.
Hududlar kesimida nikohdan ajrashish holatlari soni:
- Qoraqalpog‘iston R. – 1056 ta;
- Andijon viloyati – 2532 ta;
- Buxoro viloyati – 1405 ta;
- Jizzax viloyati – 827 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 2006 ta;
- Navoiy viloyati – 720 ta;
- Namangan viloyati – 2183 ta;
- Samarqand viloyati – 2569 ta;
- Surxondaryo viloyati – 1348 ta;
- Sirdaryo viloyati – 888 ta;
- Toshkent viloyati – 2535 ta;
- Farg‘ona viloyati – 2527 ta;
- Xorazm viloyati – 1026 ta;
- Toshkent shahri – 2950 ta.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml: Ukraina bilan muzokaralar yangi bosqichi memorandumlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng kelishiladi
Jahon | 14:25
-
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi
O‘zbekiston | 14:03
-
Hindistonda kuchli yomg‘ir 44 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Jahon | 13:35
-
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi
Jamiyat | 13:27
Mavzuga oid

11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi

23:08 / 10.04.2025
Xitoyda oila qurish qoidalari soddalashtirildi

17:59 / 09.04.2025
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi

14:12 / 13.02.2025