So‘lim go‘sha Sangardak yozning so‘nggi kunlarida - fotogalereya
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak qishlog‘i turizm qishlog‘i sifatida tobora tanilmoqda. Bu manzil o‘zining mashhur sharsharasi bilan azaldan odamlar e’tiborini tortib kelgan.

Ayni kunlarda M41 yo‘lidan Sangardak qishlog‘iga eltuvchi yo‘l to‘liq ta’mirdan chiqarilgan, ayniqsa dam olish kunlari ziyoratchi va sayyohlar bilan gavjum bo‘lmoqda.
Eng quvonarlisi, ayni kunlarda Sangardak va Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanining Tatar qishlog‘ini bog‘lovchi 50 kmdan ziyod dovon yo‘li qurilishi ketmoqda. Ushbu yo‘l qurilib, ishga tushirilgach, Surxondaryo va Qashqadaryoning ikki yirik shaharlari — Denov va Shahrisabz shaharlari orasidagi masofa qariyb 150 km.ga qisqaradi.
Yo‘l qisqarishi, o‘z-o‘zidan Sangardak va boshqa tog‘ qishloqlarida ekoturizmning shiddat bilan rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Kun.uz muxbirining Sangardak qishlog‘ida tushirgan fotosuratlaridan iborat galereyani e’tiboringizga havola qilamiz.
Fotosuratlar muallifi: Shuhrat Shokirjonov
Mavzuga oid

12:05 / 02.06.2025
O‘zbekiston Rossiyadan turistlar oqimini oshiradi

13:44 / 30.05.2025
Yilning birinchi choragida salkam 1 mlrd dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatildi

15:01 / 28.05.2025
Taniqli jurnalist va bloger O‘zbekistonning Kuvaytdagi turizm elchisi etib tayinlandi

11:56 / 28.05.2025