“Bir million ish o‘rni yaratildi, degan ma’lumot berilardi, amalda yarmi ham yaratilmasdi” – Tanzila Norboyeva ish o‘rinlari borasida yagona baza ishlab chiqish haqida gapirdi
Senat raisi yalpi majlisda oshirib ko‘rsatilgan ish o‘rinlarini chegirib tashlagan holda yagona baza ishlab chiqish vazifasini topshirdi. “Ma’lumotlarning takrorlanishi, faoliyati to‘xtatilgan korxonalarda hisobga olingan ish o‘rinlari hisobiga oshirib ko‘rsatilgan ish o‘rinlari sonini chegirib tashlagan holda yagona bazani shakllantirish kerak”, – dedi Norboyeva

Foto: Kun.uz
Senatning 32-yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva oshirib ko‘rsatilayotgan ish o‘rinlari muammosini ko‘tardi.
“Minglab ish o‘rinlari yaratdik, deb har bir tizim, har bir hokimlik hisobot beradi. Oldinlari bir million ish o‘rni yaratildi, degan ma’lumot berilardi. Ammo amalda yarmi ham yaratilmasdi. Chunki har bir ish o‘rnini yaratish qancha mablag‘ talab etishini, qancha texnologiya olib kelinishi kerakligini bilamiz. Lekin shu ishlar qilinmasdan hisobotda chiroyli raqamlar ketardi. Natijada aholi sarson, ish izlab chetga ketadi… Bu masalaga hozir boshqacha yondashilyapti. Haqqoniylik nuqtayi nazaridan senatorlar, deputatlar bu masalani o‘rganishni boshladi. Ish o‘rinlari sonidagi tafovutlar bor, bir tizimda yaratilayotgan ish o‘rinlari borasida hisobot 3 ta vazirlikdan ketyapti. Birinchi navbatda, tafovutlarni yo‘q qilish lozim: tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatganlar yaratgan ish o‘rinlari ham yaratilgan ish o‘rinlari sifatida hisobotda ketyapti”, – dedi Norboyeva.
Bu borada Senat raisi bir nechta takliflarni ilgari surdi:
Birinchidan, yaratilgan ish o‘rinlarini hududlar va sohalar kesimida xatlovdan o‘tkazish kerak. Ma’lumotlarning takrorlanishi, faoliyati to‘xtatilgan korxonalarda hisobga olingan ish o‘rinlari hisobiga oshirib ko‘rsatilgan ish o‘rinlari sonini chegirib tashlagan holda yagona bazani shakllantirish lozim;
Ikkinchidan, hokimliklar faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlar masalasida alohida chora-tadbirlar ko‘rishi kerak. Hokimlarni ko‘ramiz, bevosita muloqotlar o‘tkazadi. Ammo bu muloqotlar prezident muloqot o‘tkazishidan oldin faollashadi. Yuqori darajadagi uchrashuvdan keyin quyi bo‘g‘indagi uchrashuvlar ham kamayadi. Shuning uchun hokimlar faoliyati to‘xtagan yoki to‘xtash arafasidagi tadbirkorlar bilan uchrashib, muammolarini aniqlab, ularga yordam berishi kerak;
Uchinchidan, dehqonchilik faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, me’yorlar va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda auksion orqali ajratilgan yerlarda tashkil etilgan dehqonchilik xo‘jaliklari sonini hisobga olishga oid yagona uslubiyatini ishlab chiqish zarur;
To‘rtinchidan, birinchi yarim yillikda yangi ish o‘rinlarini yaratish qoniqarsiz bo‘lgan hududlar yo‘l xaritasini ishlab chiqish kerak. Mahalliy kengashlar bu masalaga qattiq e’tibor qaratishi zarur. Har bir tuman ortda qolayotgan tizimlarni olib, respublika rahbariyatiga takliflarni kiritishi kerak bo‘ladi;
Beshinchidan, shaffof qurilish platformasi orqali tenderda g‘olib bo‘lgan pudrat korxonalari loyihada ko‘rsatilgan bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan monitoring o‘tkazishi kerak.
“Aholi bandligini har chorakda muhokama qilishga kelishganmiz. Mutasaddilarga hisobot berish emas, aniq taklif va tashabbuslar bilan chiqishni taklif qilaman”, – dedi Norboyeva.
Bu borada qaror loyihasi ovozga qo‘yilib, qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirtdan qamalgan prezident, hayit oldidan go‘shtga reyd va qimmatlab ketgan kartoshka
Jahon | 14:04
-
Rossiya Xarkiv bo‘ylab urush davridagi eng yirik zarbani yo‘lladi
Jahon | 12:54
-
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda
Jamiyat | 12:30
-
JCh saralashi: Angliyada yuz foizlik ko‘rsatkich, Albaniya va Serbiya bahsida yana mojaro
Sport | 11:55
Mavzuga oid

18:54 / 28.05.2025
“Senator so‘rov yubormaguncha pul olib yurilgan” - Tanzila Norboyeva import avtolarga ekosertifikat haqida

20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

12:20 / 29.04.2025