“Qaysi ota-ona bunga rozi bo‘lardi?” – Sovuqda yupun kiyingan qizchalar tadbirga jalb qilingani bo‘yicha hokimlik javobi jamoatchilikni qoniqtirmadi
Shahrisabz shahar hokimligining maktab o‘quvchilari kechqurun sovuqda yupun kiyimda rasmiy tadbirda qatnashgani bo‘yicha bergan javobi ham tanqidlarga sabab bo‘lyapti.

Foto: Shahrisabz shahri hokimligi matbuot xizmati
Shahrisabz shahridagi 1-maktab hovlisida shahar hokimi va mutasaddilar qalin kiyimda, qizchalar esa yupun kiyimda bo‘lgani holda tadbir o‘tkazilgani jamoatchilik tomonidan keskin tanqidlarga sabab bo‘lgandi.
Ularga javoban hokimlik bergan izoh ham tanqidlarga nishon bo‘ldi. Hokimlikning rasmiy munosatiga ko‘ra, tadbirda ishtirok etishni raqs to‘garagi rahbari va ota-onalar xohlagan. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari shahar hokimligining bu munosabatida mantiq yo‘qligi haqida yozishmoqda.
“Men bu yerda mantiq ko‘rmayapman. Qaysi ota-ona o‘z farzandi, jigargo‘shasini qahraton qish kunida yupun kiyintirib qo‘yib, kutib olinglar, deyishi mumkin. Gadoy ham bolasini ko‘chaga tilangani qalin kiyintirib chiqaradi-ku”, – deb yozadi Facebook foydalanuvchisi Hasanboy Abduqodirov.
Ayrim foydalanuvchilar “taklif hokimiyatning o‘ziga yoqqani uchun uni qabul qilgan” deb yozgan bo‘lsa, yana boshqa biri “ota-onalar befarq bo‘lsa, nega hokimiyat vakillari bunga e’tibor qaratmagan”, deb yozadi.
“Kim taklif bilan chiqishidan qat’i nazar, nega darrov to‘xtatib, ustilariga issiq kiyim kiydirishmagan?! Shunchaki aql bovar qilmas ishlar”, – deb yozgan Alisher Rahmonov ismli profil egasi.
“Ha, hokimlik har doimgidek suvdan quruq chiqib ketadi, ayb hokimlikdamas, yana o‘sha o‘qituvchilarda, buyruqni bajaruvchilarda”, – degan Dilshod Nortojiyev.
Muxlisa Mannopova ismli foydalanuvchi esa hokimlik javobiga sarkazm bilan izoh yozgan.
“Juda ko‘ngli bo‘sh hokimlarimiz bor-da. “Xalq manfaatini” o‘ylaydigan, xalqqa yo‘q deya olmaydigan”, – deb yozgan u.
Facebook’da Matl Xidira nomi bilan izoh yozgan foydalanuvchi esa u bilan ham oldin Shahrisabzdagi holatga o‘xshash holat ro‘y bergani va unda hokimlik aybdor bo‘lganini aytadi.
“Bunday voqea Turdimov hokim bo‘lgan davrda Navro‘z bayramida adirda, Surxondaryo viloyati xokimligi bayramida bo‘lgandi. Qizim kichkina ishtirokchi edi. Sovuq vaqtda kapada kechasi bilan qizchalarni olib o‘tirishgan. Kechasi telefon qilib, tashkilotchilardan juda ranjiganman. Keyinchalik respublika miqyosidagi konkursga chiqqan bo‘lishiga qaramay, hech qayerga jo‘natmadim. Bunday holga yo‘l qo‘yganlarni jazolash shart. Buni to‘garak rahbari hal qilolmaydi. Bunga to‘liq hokimlik aybdor”, – degan u.
“Uyda bolam oyoqyalang yursa, darrov paypoq kiyib ol, sovuq, deb urishib beraman! Qaysi ota-ona farzandi hokimboyning oldiga yupun kiyinib chiqishiga rozi bo‘ladi?!” – deya e’tiroz bildirgan Elyorbek Abdujalilov ismli fuqaro.
Umuman yosh qizchalarning sovuq kunlarda yupun kiyintirib, tadbirda qatnashtirilishi jamoatchilik g‘azabiga sabab bo‘lishi ilk marta bo‘layotgani yo‘q. Shu sabab bloger Shahnoza Soatova bunday holatga tezroq barham berish kerakligini yozadi.
“Qish keldi — yana sovuqda diydiragan atlas ko‘ylakli qizchalar suratlari chiqyapti. Bola huquqlarini himoya qilishga mas’ul tashkilotlarimiz nimadir deyishsin va qilishsin. Bu an’ana jiddiy muammo-ku! Bas qilinglar qizchalardan bezak sifatida foydalanishni. Ular — shaxs, “girlyanda” emas!” – degan u Telegram-kanalida.
Jamoatchilik faollaridan yana biri Aqida xonim ham tadbirda ishtirok etgan boshqalarning ustida qalin kiyimlar bor-u, nega nozikkina qizlar hilpiragan atlas ko‘ylakda o‘tirganini keskin tanqid qilgan.
“Erkaklarimiz milliy kiyimi yaxtak, qiyiqcha, do‘ppi kiyib o‘zi qarshilasin o‘sha rahbarchalar. Dushanbaga qor, kunduzi -1C, kechga -7C ko‘rsatyapti, chiqsin shunaqa qilib bayramona kayfiyat berish uchun va Andijon polkaga o‘ynab qarshilashsin yuqori “martaba”li mehmonlarni”, – deb yozadi u.
Jurnalist Muslim Mirzajonov birovni xursand qilish uchun qizchalar jalb qilinishi o‘zgarmaydigan odatga aylanganini yozadi.
“Qandaydir bayram yoxud mehmonlar kelsa, ularni albatta xursand qilishimiz, non tishlatishimiz, yosh bolalar ijrosida, milliy kiyimlarda ashula-she’rlar ayttirishimiz kerak. Havoning avzoyi, darajasining farqi yo‘q. Farosatning ishlamasligi, bemaza odatlardan voz kecholmaslik darajasidagi konservativlikdan nega bolalarimiz azob chekishi kerak?” – degan jurnalist.
Nemolchi.uz loyihasi mulliflari esa bunday holatlar ortidan qizlarning salomatligi xavf ostida qolishiga e’tibor qaratgan.
“Xo‘sh, yoshlarimizni, aynan qizlarimizni qanday kelajak kutmoqda? Qo‘shimcha shamollashlar? Reproduktiv tizimning yallig‘lanish jarayonlari? Buyrak yoki siydik qopi bilan bog‘liq muammolarmi? Yoki bu tug‘ilishni kamaytirish bo‘yicha yashirin davlat dasturi ijrosimi?” – deyiladi loyiha Telegram-kanalidagi postda.
Eslatib o‘tamiz, 30 noyabr kuni Yoshlar ishlari agentligining Shahrisabz shahar bo‘limi va sektor rahbarlari “Yoshlar daftar”ida turganlarga navbatdagi subsidiya asosida mehnat qurollarini va to‘lovlar uchun sertifikatlar topshirish uchun 1-maktab hovlisida tadbir tashkil etishgan. Garchi tadbir maktabga va ta’limga aloqasi bo‘lmasa ham unga yupun kiyingan yosh o‘quvchi qizlar jalb qilingan.
Tadbirdan so‘ng shahar hokimligining Telegram-kanaliga qo‘yilgan fotosuratlarda shahar hokimi Akrom Sulaymonov boshchiligidagi mutasaddilar tunda o‘zlari issiq kiyim kiyib olgan holda, ularning oldida turgan kamida 6 nafar qiz yupun kiyingani aks etgan. Keyinchalik suratlar kanaldan o‘chirib tashlangan.
Suratlar muhokamaga sabab bo‘lgach Shahrisabz shahar hokimligi qizlarni tadbirga jalb qilish taklifi to‘garak rahbari va ota-onalardan chiqqan deb aybni o‘z gardanidan soqit qilishga uringandi.
Ombudsmanning bola huquqlari bo‘yicha vakili Aliya Yunusova yosh qizlarni sovuqda tadbirga jalb qilgan shaxslarga chora ko‘rishni so‘rab Qashqadaryo viloyati hokimiga murojaat qilgan. Murojaatda Bolalar ombudsmani Shahrisabzdagi achinarli holatning sodir bo‘lishida hududdagi har bir mutasaddining aybi borligini ta’kidlagan va Shahrisabzda yupun kiyingan o‘quvchi qizlarni sovuqda tadbirga jalb qilgan shaxslarga chora ko‘rishni so‘ragan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

09:27 / 11.03.2025
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

08:12 / 07.03.2025
Toshkentda 4 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashdi

08:54 / 12.09.2024