O‘zbekiston | 17:46 / 04.12.2022
17795
3 daqiqa o‘qiladi

5 dekabr kuni ham O‘zbekistonda qor yog‘ishi davom etadi

Yangi haftaning ilk kuni uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Vodiy viloyatlarida ham qor yog‘ishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 5 dekabr kuni qor yog‘adigan hududlarni e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5 daraja sovuq, kunduzi 1–3 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15–20 darajagacha sovuq, kunduzi 2–7 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 darajagacha sovuq, kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, Navoiy viloyati shimolida kechasi 12–17 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq, ba’zi joylarda 3 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq , 3 daraja iliq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–14 daraja sovuq, kunduzi esa 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid