Venada Rossiya foydasiga josuslik qilgan Gretsiya fuqarosi ushlandi

Foto: Reuters
Avstriya OAV yozishicha, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh boshqarmasi sobiq xodimining 39 yoshli o‘g‘li ko‘p yillardan beri Rossiyaga Avstriyaning tashqi siyosati va xavfsizligi haqida ma’lumot berib kelgan.
Avstriya OAVning 19 dekabr, dushanba kuni xabar berishicha, Venada Rossiya harbiy razvedkasi uchun uzoq yillar josuslik qilganlikda gumonlanayotgan asli rossiyalik Gretsiya fuqarosi qo‘lga olindi. 39 yoshli gumonlanuvchi Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh boshqarmasi sobiq zobitining (sobiq “GRU”) o‘g‘li bo‘lib, u xizmat davrida Germaniya va Avstriyada diplomat bo‘lib ishlagan, deb yozadi Kronen Zeitung.
Gazetaga ko‘ra, bu shaxs turli mamlakatlar diplomatlari va razvedka xodimlari bilan aloqada bo‘lgan hamda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishidan biroz oldin va keyin Moskvada bo‘lgan. U davlat sirlarini oshkor qilishda ayblanmoqda, deya ta’kidlaydi nashr.
Gumonlanuvchining Vena shahri Donaushtadt tumanidagi xonadonida tintuv o‘tkazilgan, bu shaxsning o‘ta xavfliligi sababli, amaliyot mart oyida Cobra nufuzli maxsus kuchlarining ikki bo‘linmasi zobitlari tomonidan o‘tkazilgan, deb yozadi Kurier gazetasi. Operatsiya davomida tinglash moslamalari, signal detektori, himoya kiyimlari, mobil telefonlar, noutbuklar va planshetlar olib qo‘yilib, ulardan jami 10 millionga yaqin turli fayl topildi va o‘rganildi.
Kurier’ning tergov ma’lumotlariga tayanib ta’kidlashicha, 2018 yildan 2022 yil boshigacha gumonlanayotgan rossiyalik agent Rossiya, Belarus, Turkiya, Gruziya va boshqa mamlakatlarga jami 65 marta sayohat qilgan. U Avstriyada kichik ijtimoiy imtiyozlarga ega bo‘lib, Venada, shuningdek, Rossiya va Gretsiyada bir nechta ko‘chmas mulk sotib olgan, deb yozadi gazeta.
Ayg‘oqchi deb taxmin qilingan shaxs Rossiyaga Avstriyadagi kayfiyat, shuningdek, tashqi siyosat, jamiyatdagi vaziyat va ushbu mamlakat xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etgan. «Shu tariqa, urush boshlanishidan biroz oldin Moskvaga sayohat, ehtimol, tasodif emas, balki Avstriyada olingan ma’lumotlar haqida ongli ravishda ma’lumot almashish bo‘lgan», deb yozadi Kurier. Bundan tashqari, Vena shahrida maxfiy joylar orqali xabar almashish tizimi ishlab chiqilgan, ularni jo‘natish joylari ko‘zga ko‘rinmas belgilar bilan belgilangan va uzatish paytida rossiyalik diplomatlar doimo o‘sha yerda bo‘lishgan, deyiladi ma’lumotda.
Hozirda gumonlanuvchi ozodlikda. Agar aybi isbotlansa, u 6 oydan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Avstriya tergovini Vena prokuraturasi nomidan Davlat xavfsizlik va razvedka boshqarmasi (DSN) olib boryapti.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
-
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:00
Mavzuga oid

14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi

15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin

18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi

01:33 / 05.04.2025