Ilon Mask Starship raketasi tarixiy parvozga tayyorligini e’lon qildi
Kema kelajakda odamlarni Oyga va Marsga yetkazishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Spacex
SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘ta og‘ir Starship raketasining birinchi sinov parvoziga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
«Starship keyingi haftada parvozga tayyor va nazorat idorasining ruxsatini kutmoqda», deb yozdi Mask.
Kosmik parvozlar uchun litsenziya beruvchi AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) raketaning birinchi parvozi 10 aprel kuni amalga oshirilishi mumkinligini aytdi. 11 va 12 aprel zaxira sanasi sifatida belgilandi.
Sinov parvozi uchuvchisiz rejimda amalga oshiriladi. Birinchi parvoz doirasida raketa Yer atrofida bir marta aylanib chiqadi, so‘ngra Ship 24 Tinch okeanida suvga qo‘nadi.
Starship – SpaceX kompaniyasining yangi avlod raketa tizimi bo‘lib, yuk va odamlarni Yer orbitasiga, shuningdek, Oy va Marsga yetkazish uchun mo‘ljallangan.
Agar sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, Starship SpaceX kompaniyasining barcha raketalari - Falcon 9, Falcon Heavy va yuk tashuvchi Dragon V2 tizimlarini almashtiradi.
SpaceX hisob-kitoblariga ko‘ra, Starship uchirilishi boshqa tizimlarga nisbatan arzonroq bo‘ladi.
SpaceX raketaning birinchi orbital parvozini 2021 yilda amalga oshirishni rejalashtirgan edi, biroq keyinchalik texnik sabablarga ko‘ra, parvoz bir necha bor qoldirildi.
Mavzuga oid

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

15:04 / 09.06.2025
Maskning otasi Moskvada: Ilon xatoga yo‘l qo‘ydi

14:55 / 08.06.2025
OAV: Ilon Mask Oq uyda moliya vaziri bilan yoqalashib ketgan

22:08 / 07.06.2025