Rossiyada migrantlar mehnatiga soliq joriy etish taklif qilindi
Chet el ishchi kuchidan foydalanganlik uchun salmoqli soliqni joriy qilish, Rossiya mehnat resurslaridan foydalanuvchi tadbirkorlarni esa rag‘batlantirish taklif etildi.

Foto: AP
Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin «Interfax»ga bergan intervyusida xorijliklar o‘rtasidagi jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya xavfi va migratsiya siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar haqida gapirdi.
«Ijtimoiy keskinlikni pasaytirish maqsadida mehnat migrantlarini Rossiya fuqarolari bilan almashtirish, vatandoshlarni munosib darajada ijtimoiy va mehnat kafolatlari bilan ta’minlash bo‘yicha yo‘l xaritasini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Rossiya fuqarolari orasidan ishchi kuchidan foydalanishning rotatsion usulini joriy etish, ularni iqtisodiy rivojlanish darajasi past bo‘lgan hududlardan ko‘p sonli ishchilarni jalb qilish zarur bo‘lgan hududlarga ko‘chirish mexanizmini ishlab chiqish lozim», dedi u.
Bundan tashqari, Bastrikin ish beruvchilar zimmasiga mehnat migrantlarini uy-joy bilan ta’minlash, Rossiyadagi ish joyiga borish va mehnat shartnomasi tugaganidan keyin mamlakatdan chiqib ketish uchun transport xarajatlarini qoplash majburiyatini yuklashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
«Chet el ishchi kuchidan foydalanganlik uchun salmoqli soliqni joriy qilish lozim, Rossiya mehnat resurslaridan foydalanuvchi tadbirkorlarni esa iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmini ham ishlab chiqish kerak», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy migratsiya jarayonlari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida asosiy muammolardan biriga aylangan va ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga, shuningdek, etnik va diniy asosdagi nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, u migrantlar ishtirokidagi jinoyatlar oshib borayotganini qayd etib, ularning tajovuzkorligining kuchayishi sabablarini rus mentalitetiga moslashmaganlik deb atadi.
«Bu, shuningdek, ish beruvchilar tomonidan ularning yashashi uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlarni noto‘g‘ri tashkil etish bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan, migrantlarning yanada samarali moslashishi uchun Rossiya sub’yektlarining davlat hokimiyati organlari, mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga mahalliy etnik-madaniy birlashmalar (diasporalar) bilan o‘zaro aloqa va hamkorlikni rivojlantirish mas’uliyatini yuklash muhim», dedi Bastrikin.
Uning ta’kidlashicha, jinoyatlarning aksariyati o‘rta yoshli migrantlar tomonidan sodir etiladi. Qoidaga ko‘ra, ular kasbiy ma’lumotga, doimiy daromad manbaiga ega emas, rus tilini yaxshi bilishmaydi.
«Ma’lumot darajasi va sodir etilgan jinoyat turi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Yaxshi ma’lumotga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari aksariyat hollarda shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga, mulkiga, jinsiy erkinligiga tajovuz qiladi. Ular kamdan-kam hollarda iqtisodiy faoliyat sohasida noqonuniy xatti-harakatlar qiladilar. Bu ma’lum bilimlarni talab qiladi», dedi Bastrikin.
Tergov qo‘mitasi rahbarining ta’kidlashicha, migratsiya qonunchiligini buzish sohasida jinoyatlarning aksariyatida korrupsiya yo‘nalishi mavjud.
«Noqonuniy migratsiya noqonuniy tadbirkorlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular daromad manbai sifatida ularning oqimidan bevosita manfaatdordir. Agar bu muammoni bir butun sifatida oladigan bo‘lsak, milliy asosda birlashgan noqonuniy migrantlarning jinoiy tuzilmalari nazoratsiz tovarlar va xizmatlar bozori, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, noqonuniy savdoni amalga oshirish, jumladan, qalbaki spirtli ichimliklar, qalbaki hujjatlar, sertifikatlar va muhrlar tayyorlash va sotish, giyohvandlik vositalarini tashish va sotish kabi jinoyatlarni sodir etishadi», dedi Bastrikin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim mahsulotlarning tasnifiy kodi o‘zgartirilmoqda
O‘zbekiston | 09:59
-
Rossiyaning possovet davlatlari hududidagi harbiy obektlari. Ular nima uchun tashkil etilgan?
O‘zbekiston | 09:30
-
TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan
O‘zbekiston | 09:00
-
JCh saralashi. Falastin alamli tarzda qolib ketdi, Saudiya pley-offda o‘ynaydi
Sport | 08:47
Mavzuga oid

08:37
Rossiyaning Xarkivni o‘qqa tutishi: 2 kishi halok bo‘ldi, 54 kishi yaralandi

23:19 / 10.06.2025
O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi holat yuzasidan Rossiyaga TIVga nota yubordi

22:32 / 10.06.2025
Rossiyada maktabga qabul qilinmagan 300 ming migrant bolalari borligi ma’lum qilindi

21:30 / 10.06.2025