Rossiyada yuqori martabali amaldorlarga ishdan bo‘shab ketish taqiqlandi
Rossiya prezidenti ma’muriyatida lavozimni tark etish istagi xiyonat sifatida baholanyapti va bo‘shamoqchi bo‘lgan amaldorlarga jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin, deb yozadi "Vajnyye istorii".

Foto: AFP / Scanpix
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida yuqori martabali rossiyalik amaldorlarga o‘z lavozimlarini tark etish taqiqlandi. Bu haqda 15 may, dushanba kuni "Vajnyye istorii" internet nashri Federal xavfsizlik xizmati sobiq xodimi, Rossiya gubernatorlaridan biri bilan ishlovchi siyosiy strateg, shuningdek, prezident ma’muriyati yuqori martabali amaldorlariga yaqin ikki kishiga tayanib yozmoqda.
Kamida ikkita gubernator o‘z lavozimini tark etishga uringan, ammo davlat rahbari ma’muriyati "nafaqat buni taqiqlab qo‘ydi, balki jinoiy ish ochilishiga ishora qildi", deb ta’kidladi "FSB" sobiq zobiti. Qaysi viloyatlar rahbarlari haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Rossiya Federatsiyasining qo‘shni davlatga harbiy bostirib kirishi ortidan ko‘plab rossiyalik amaldorlar ishdan bo‘shab ketishni xohlab qoldi, dedi boshqa manba. Biroq, Kremlda bunday istak "xiyonat sifatida qabul qilinyapti, shuning uchun davlat xizmatchilariga "birdamlikni namoyish etish" vazifasi qo‘yildi", deb ta’kidlaydi "Vajnyye istorii". Ayni paytda, taqiq norasmiydir, shuning uchun ba’zi amaldorlarga iste’foga chiqishga ruxsat berilishi mumkin - sog‘lig‘i sababli yoki korrupsiya tufayli, deb qo‘shimcha qiladi nashr.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘iziston deportatsiya boshlaydi, Turkmaniston AQShdan xafa, To‘qayev vazirlarini haydadi
Jahon | 15:39
-
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi
Jahon | 14:13
-
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi
Jahon | 13:22
-
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda
O‘zbekiston | 12:48
Mavzuga oid

21:33 / 14.06.2025
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

20:19 / 14.06.2025
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV

18:00 / 14.06.2025
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

14:11 / 14.06.2025