SSV: Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi ochildi. Unda O‘zbekiston vakillari ham qatnashmoqda
21 may kuni Shveytsariyaning Jyeneva shahrida 194 mamlakat delegatlari — jami 3 ming nafarga yaqin mehmon jam bo‘ldi. Bu yerda Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi ochildi.
Ishtirokchilarning asosiy qismi — sog‘liqni saqlash vazirlari, yetakchi xalqaro tashkilotlar, korporatsiyalar va jamg‘armalarning vakillari. Ular safida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya ham bor.
«Qatnashchi davlatlar geografiyasi rang-barang. Ko‘zlangan maqsad esa mushtarak — insoniyat salomatligini saqlash! Yig‘ilish kun tartibidan sayyoramiz aholisi sog‘lig‘i bilan bog‘liq qator global masalalar o‘rin olgan.
Xususan, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini isloh qilish, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, onalar va bolalar salomatligi, sil xastaligi bo‘yicha global strategiyalar, favqulodda vaziyatlarda ko‘riladigan choralar hamda sohadagi ilmiy tadqiqot va innovatsion yutuqlar muhokama etilishi belgilangan», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Ochilish marosimida dastlab sessiya prezidenti, besh nafar vitse-prezident va qo‘mitalar raislari saylab olindi. Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibi tasdiqlandi.
Navbatda bir qator xalqaro tashkilotlar mas’ullari, sog‘liqni saqlash vazirlari o‘z qutlov so‘zlarini yo‘lladi.
So‘ng BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning onlayn videoma’ruzasi namoyish etildi. Qolaversa, bir qator hukumatlar rahbarlari ham to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiya orqali o‘z fikr-mulohazalari hamda tabriklarini yo‘lladi.
Shundan keyin Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyyesus so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda insoniyat salomatligi va hayotini jiddiy xavf ostida qoldirgan koronavirus pandemiyasi, maymun chechagi (mpox), vabo epidemiyalari hamda boshqa xastaliklarni bartaraf etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar haqida to‘xtaldi.
BMTning Jyenevadagi qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan ushbu yig‘ilishning asosiy muhokamalari 30 maygacha davom etadi.
Shuningdek, sessiya doirasida sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
-
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi
Jahon | 00:21
-
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Fan-texnika | 00:05
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
Mavzuga oid

13:16 / 25.03.2024
Senat raisi Jyenevada BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

21:31 / 29.02.2024
Shveytsariya shaharlari haqida 10 ta qiziqarli fakt

15:40 / 09.01.2024
Amrillo Inoyatov yangi lavozimda ish boshladi

21:23 / 04.01.2024