Aholi va tadbirkorlardan 47 turdagi ma’lumotlar talabi bekor qilinadi
2023 yil 1 dekabrdan aholi va tadbirkorlardan 47 turdagi ma’lumotlar talabi bekor qilinadi. Bu 2023 yil 24 mayda qabul qilingan “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilangan.
2023 yil yakuniga qadar my.gov.uz portalida birinchi navbatda 95 ta xizmat va servislar ishga tushiriladi va kelgusida ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni 570 taga yetkaziladi. Raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalar samaradorligi, raqamli xizmat va servislarning sifati va barqarorligi ustidan raqamli nazorat o‘rnatiladi.
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan joriy etilgan raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalar samaradorligi, ko‘rsatiladigan raqamli xizmat va servislar texnik faoliyatining sifati va barqarorligi ustidan raqamli nazoratni o‘rnatadi.
Raqamli nazorat doirasida davlat organlari va tashkilotlarida raqamli texnologiyalar sohasidagi loyihalarning maqsadi, joriy etish darajasi, foydalanish holati, raqamli xizmatlar va servislar ishidagi uzilish, to‘xtalish va texnik-avariyalar, aloqa markazlari (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa) xizmatlarining bog‘lanish va samarali texnik faoliyat ko‘rsatish kabi sifat ko‘rsatkichlarini baholaydi.
Aloqa, axborotlashtirish va raqamli iqtisodiyot sohasidagi qonunchilik talablari buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolati beriladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi
O‘zbekiston | 10:40
-
JCh saralashi: Italiya yirik hisobda yutqazdi, Belgiyada ham muvaffaqiyatsiz start
Sport | 10:40
-
Ekspertlar: Rossiyaga bombardimonchilarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi
Jahon | 10:22
-
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 10:06
Mavzuga oid

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025