Insayder iPhone 16 Pro va iPhone 17 o‘zgarishlari haqida ma’lumot berdi
Yangi smartfonlar uzunroq ekranga ega bo‘ladi.

Foto: macrumors.com
2024 yilda chiqarilishi rejalashtirilgan iPhone 16 Pro modeli (19,6:9) joriy iPhone 14 Pro modeliga (19,5:9) nisbatan kattaroq ekranga ega bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, ekran biroz cho‘ziladi. Bu haqda taniqli tahlilchi va insayder Ross Yang ma’lum qildi.
Manba, shuningdek, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max ekranining aniq o‘lchamlarini ham taqdim etdi. Unga ko‘ra, diagonallar mos ravishda 6,12 va 6,69 dyuymdan 6,27 va 6,86 dyuymgacha oshadi (har ikki qurilmada ham 2,5 foizga).
Yang so‘zlariga ko‘ra, ekranning yangi nisbati va kattalashtirilgan o‘lchami 2025 yilda chiqariladigan iPhone 17 modellariga ham meros bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, seriyaning asosiy modellari 120 Gs o‘zgaruvchan yangilanish tezligi bilan ProMotion’ni qo‘llab-quvvatlovchi LTPO panellarini oladi.
Insayder xulosasiga ko‘ra, aynan iPhone 17 Pro birinchi bo‘lib old kamera teshigi yonida joylashgan displey ostida yuzni identifikatsiya qilish texnologiyasidan foydalanadi.
Mavzuga oid

00:33 / 20.06.2025
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum

19:38 / 10.06.2025
Dunyodagi eng qimmat 100 ta IT-brend qiymati 3,2 trln dollarga yetdi

16:46 / 10.06.2025
iPhone yangi dizayni, Siri’da kechiktirilgan o‘zgarishlar, iOS26 va Games – Apple WWDC25’da nimalar taqdim qildi?

16:44 / 22.05.2025