Ommaviy ahamiyatga ega noyob obektlar eskiz loyihasi bo‘yicha arxitektura tanlovi o‘tkaziladi
Tanlovda faqatgina tegishli litsenziyalarga ega bo‘lgan loyiha tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.

Foto: Depositphotos
Vazirlar Mahkamasining «Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizom ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Buyurtmachi xizmati: tanlovga qo‘yiladigan obektni Iqtisodiyot va moliya vazirligining g‘aznachilik tizimida ro‘yxatdan o‘tkazadi; tanlovni o‘tkazish shakli, loyihaning tavsifi va boshlang‘ich narxi, tanlovni o‘tkazish joyi, moddiy rag‘bat miqdori va taklif berish muddati haqida «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi orqali e’lon beradi.
Tanlovda faqatgina arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, xavfi yuqori bo‘lgan obektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega bo‘lgan loyiha tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilar takliflari quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan baholanadi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari boshliqlari;
- obekt bo‘yicha buyurtmachi xizmati rahbari;
- obektdan yakuniy foydalanuvchi tashkilot rahbari;
- hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi a’zolari.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zominning bir qator hududlariga sel keldi
O‘zbekiston | 20:33
-
O‘zbekistonning Maldiv Respublikasidagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 20:21
-
Pasayishlar ko‘tarilishlardan ko‘p: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgaryapti?
O‘zbekiston | 20:15
-
Haj ziyoratini ado etgan o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston | 20:07
Mavzuga oid

15:05 / 06.05.2025
Toshkentdagi 21 ta binoni YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish taklif etilmoqda

15:05 / 04.01.2025
Xitoyda qurilayotgan “quyoshli” osmono‘par bino suratlari namoyish etildi (foto)

07:50 / 24.10.2024
Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti

19:23 / 31.08.2024