O‘zbekistonda avtomobil raqami deyarli 900 mln so‘mga sotildi
Raqam uchun amaldagi kurs bo‘yicha 75 ming dollar to‘langan. Bu pulga O‘zbekistonda yangi premium avtomobilni xarid qilish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda chiroyli avtomobil raqami salkam 900 million so‘mga sotilgani aks etgan suratlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, 01 777 RRR davlat raqami uchun 893 million so‘m yoki amaldagi kurs bo‘yicha 75 ming dollar to‘langan.
Bu pulga O‘zbekistonda yangi Tesla Model Y, Lexus LS, Kia Carnival, Zeekr 001 va boshqa premium avtomobillarni xarid qilish mumkin.
Shuningdek, bu pulga yettitaga yaqin Chevrolet Gentra ham olsa bo‘ladi.
2022 yilning may oyida 50 777 ZZZ avtoraqami 669 million 600 ming so‘mga sotilgandi. Bu Markaziy bank tomonidan o‘sha paytda belgilangan dollar kursi bo‘yicha 60 ming dollardan ortiqni tashkil etgan.
Mavzuga oid

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

16:35 / 23.05.2025
Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

09:32 / 09.05.2025