Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lufthansa samolyoti bezori yo‘lovchi tufayli Toshkentga qo‘ndi
Xitoydan Germaniyaga uchib ketayotgan samolyot ekipaji parvozni to‘xtatishga qaror qilgan.

Foto: Uzbekistan Airports
Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasiga tegishli Boeing-747 samolyoti favqulodda holat tufayli Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Qayd qilinishicha, 30 oktyabr kuni Xitoyning Shanxay shahridan Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahriga parvoz qilgan samolyot bortida yo‘lovchi bezorilik qilgan. Shundan so‘ng, kema komandiri samolyotni Toshkentga qo‘ndirishga qaror qilgan.
Shu bilan birga, Toshkent xalqaro aeroportiga huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari chaqirtirilgan. Bezori yo‘lovchi saomlyotdan tushirib yuborilgan va qo‘lga olingan. Shundan so‘ng, havo kemasi parvozni davom ettirgan.
21 oktyabr kuni Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli samolyot bortida bezorilik qilgan O‘zbekiston fuqarosi Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olingan edi. 24 oktyabr kuni Toshkent shahri, Sergeli tuman sudi unga nisbatan ochilgan ma’muriy ishni ko‘rib chiqib, BHM 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida jarima jazosini tayinladi.
Mavzuga oid

20:03 / 08.07.2025
Italiyada erkak uchishga tayyorlanayotgan samolyot dvigateliga kirib ketdi

09:05 / 04.07.2025
Ozarboyjon – Rossiya: sovuqlik fonida Embraer 190 halokatiga oid shov-shuvli tafsilot paydo bo‘ldi

16:34 / 03.07.2025
Rossiyada o‘yinchoq qurol bilan raqsga tushgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

14:20 / 20.06.2025