Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari tasdiqlandi
Adliya vazirining buyrug‘i bilan Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari tasdiqlandi.
Qoidalar «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq tasdiqlangan va quyidagilarni belgilaydi:
- tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish tartibi;
- ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomaga qo‘yiladigan talablar va uning mazmuni;
- talabnomani ko‘rib chiqish va ekspertizadan o‘tkazish tartibi va boshqalar.
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb e’tirof etiladi.
Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:
- tovar kelib chiqqan joy xususida iste’molchini chalg‘itib qo‘yadigan jo‘g‘rofiy nom bo‘lgan belgilar;
- tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
- tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog‘liq bo‘lmagan jo‘g‘rofiy nomni anglatuvchi va O‘zbekistonda muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar;
- shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilar.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dronlar Bryansk, Engels va Moskvaga hujum qildi
Jahon | 09:30
-
Sergelidagi mebel sexida yong‘in ro‘y berdi
Jamiyat | 09:03
-
Mers Trampning Germaniyaga tashrifi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:52
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
Mavzuga oid

15:07 / 05.05.2025
Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi

07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

14:30 / 09.04.2025
O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazadi

10:04 / 21.02.2025