Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish vazifalari belgilandi
Prezident «2024-2026 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Foto: Depositphotos
Hujjatga ko‘ra, «O‘zbekiston-2030» strategiyasida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalari tomonidan jamoatchilik fikri va aholi istaklari asosida 2024-2026 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.
Qaror bilan 2024 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari hamda 2025-2026 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar:
- 2024 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida moliyalashtiriladigan yo‘nalishlarning asosiy parametrlari;
- 2024 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obektlarida yangi quvvatlar yaratishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda 2025-2026 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar;
- 2024 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan budjet tizimi budjetlaridan moliyalashtiriladigan obektlar ro‘yxati va boshqalar tasdiqlandi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari dasturning asosiy parametrlari, maqsadli ko‘rsatkichlari va manzilli ro‘yxatlarini belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq amalga oshirish, shuningdek, ajratilgan mablag‘larni maqsadli hamda samarali sarflanishini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi.
Mavzuga oid

15:24
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi

10:48 / 03.07.2025
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi

13:25 / 01.07.2025
Ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

14:49 / 24.06.2025