Andijonda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqarolar J.R. va F.O. qalbaki 2 000 dollarni fuqaro G.K.ga 20 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 18 dona 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni berib, evaziga 1 200 AQSh dollari va 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

07:50
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

07:52 / 11.05.2025