«Brentford» Muhammadali O‘rinboyev transferini e’lon qildi
U klubning yoshlar jamoasida o‘ynaydi.

Foto: Brentford klubi sayti
Angliyaning «Brentford» klubi «Paxtakor» futbolchisi Muhammadali O‘rinboyev transferini e’lon qildi. 18 yoshli hujumkor yarimhimoyachi yarim yilga ijaraga olingan.
Angliya klubi rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, klub mavsum yakunida o‘zbekistonlik futbolchini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. U Nil Makfarleyn qo‘l ostidagi ikkinchi jamoada harakat qiladi.
«Har bir yosh o‘yinchi Premer-ligada o‘ynashni orzu qiladi. Men ham o‘sha orzumga yana bir qadam yaqinlashganimdan juda ham xursandman. Endi bu yerda borimni berib ishlayman va o‘zbek futbolchilari nimalarga qodirligini butun dunyoga ko‘rsatmoqchiman», degan O‘rinboyev klub rasmiy saytiga bergan ilk intervyusida.
Bundan avvalroq Toshkentning «Paxtakor» klubi ham ushbu futbolchisi ingliz klubiga transfer qilingani haqida xabar bergandi.
«Iqtidorli futbolchilarni yetishtirib chiqarishda davom etayotgan «Paxtakor» akademiyasining navbatdagi tarbiyalanuvchisi ham xorij chempionatiga yo‘l oldi. Hozirgacha Angliyaning professional klublarida o‘zbek futbolchisi faoliyat olib bormagan», - deyilgan klub xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘rinboyev «Paxtakor»da 17 yoshga to‘lmasdan o‘z debyutini o‘tkazgan va o‘z yosh toifasida terma jamoa a’zosi sanaladi. U «Paxtakor» safida 16 yoshida debyut qilib, hozirgacha 17 o‘yinda maydonga tushgan.
Muhammadali O‘rinboyev muqaddam «Bunyodkor» va «Navbahor» klublarida to‘p surgan, ayni vaqtda «Metallurg» klubi a’zosi bo‘lgan hujumchi Zabihullo O‘rinboyevning ukasidir.
«Brentford» klubi APL 20-turidan keyin 22 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Slovakiya deputatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalar uchun ovoz bermaslikka chaqirdi
Jahon | 12:12
-
NNT xorijiy safarlar haqida Adliya vazirligini xabardor qiladi
O‘zbekiston | 12:09
-
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05
-
O‘zbekiston mundialga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya
Sport | 11:54
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025