Buxoro shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida portlash sodir bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘lgan
Portlashga do‘kon yerto‘lasida gaz-havo aralashmasi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Portlash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan.

Foto: Videodan kadr
Buxoro shahridagi savdo do‘konlaridan birida portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 1 mart kuni soat 8:57larda Buxoro shahri, “Yoshlik” MFY, Alpomish ko‘chasida joylashgan 2-qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida chaqnash sodir bo‘lgan. Bunga do‘kon yerto‘lasida gaz-havo aralashmasi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Chaqnash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan. Hozirda chaqnash sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida xalok bo‘lgan hamda yana 1 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.
Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, IIB, prokuratura, “Hududgazta’minot” va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari chiqishgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

20:56 / 11.05.2025