Rossiya Boltiqbo‘yi davlatlaridan 347 kishining mamlakatga kirishini taqiqladi
Latviya, Litva va Estoniya siyosiy yetakchilari, jamoat arboblari va jurnalistlarining «dushmanlik siyosati» tufayli Rossiyaga kirishi taqiqlandi, deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Foto: Vladimir Pesnya/SNA/IMAGO
Rossiya 347 nafar Litva, Latviya va Estoniya fuqarolari – vazirlar, parlament a’zolari, jamoat arboblari va jurnalistlarning o‘z hududiga kirishini taqiqladi. Qaror Boltiqbo‘yi davlatlarining Rossiyaga nisbatan «dushmanlik siyosati» va uch davlatning Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiya choralari bo‘yicha «faol lobbichiligi» bilan bog‘liq, deb xabar qildi 12 mart, seshanba kuni Rossiya TIV matbuot xizmati.
Bundan tashqari, Moskva Latviya, Litva va Estoniyani «Rossiyaning ichki ishlariga aralashishda», «rusiyzabon aholini ta’qib qilishda» va «sovet askarlari yodgorliklarini ommaviy ravishda buzish kampaniyasida», shuningdek, uch yildan beri keng ko‘lamli hujumdan o‘zini himoya qilib kelayotgan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishda aybladi.
Ro‘yxatga Latviya va Estoniyaning sobiq prezidentlari Vayra Vike-Freyberga va Kersti Kalyulayd, Estoniya va Latviya bosh vazirlari Kaya Kallas va Evika Silinya, uch mamlakat tashqi ishlar vazirlari Krishyanis Karinsh, Gabrielyus Landsbergis va Margus Tsaxkna, shuningdek, ushbu davlatlar mudofaa, adliya, moliya hamda ichki ishlar vazirliklari rahbarlari, parlament spikerlari va deputatlari kirgan. Bayonotda to‘liq ro‘yxat keltirilmagan. Smolenskaya maydonida ta’kidlanganidek, ro‘yxat istalgan vaqtda kengaytirilishi mumkin.
Rossiya o‘nlab yevropalik siyosatchilarni qidiruvga bergan
Fevral oyida Rossiya Ichki ishlar vazirligi Estoniya bosh vaziri Kaya Kallasni «Jinoyat kodeksining moddasi bo‘yicha» qidiruvga bergani ma’lum bo‘ldi. Estoniya davlat kotibi Taymar Peterkop, Litva madaniyat vaziri Simonas Kayris hamda Boltiqbo‘yi mamlakatlari rasmiylarining boshqa vakillari, jumladan, Latviyadan 83 nafar siyosatchi va amaldor ham qidiruvga berilgan.
Ichki ishlar vazirligi Boltiqbo‘yi siyosatchilari qidiruvga berilishining aniq sabablarini aytmayapti, biroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tushuntirish berdi. «Bular tarixiy xotirani haqiqatan ham buzgan qarorlar uchun mas’ul bo‘lganlardir. Bular ham tarixiy xotiraga, ham mamlakatimizga dushmanona harakatlar qilmoqda», - dedi u. Umuman olganda, Rossiya Ichki ishlar vazirligi sovet obidalari buzilishi munosabati bilan kamida 160 nafar yevropalik siyosatchi va amaldorni qidirmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

23:27 / 05.06.2025
Rossiyada ingliz tilidan IELTS imtihonini topshirganlarni qamash boshlanadi

20:36 / 05.06.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

19:32 / 05.06.2025
Rossiyada barcha noutbuklarga mahalliy operatsion tizim o‘rnatish majburiyati yuklanadi

18:23 / 05.06.2025