Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komil Allamjonov UzReport TV'ni 10 yillik yubileyi bilan tabrikladi

Komil Allamjonov
28 aprel kuni O‘zbekistondagi ilk informatsion telekanal – UzReport TV tashkil etilganiga 10 yil to‘ldi.
Telekanal O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Reuters, Bloomberg, CCTV kabi xalqaro axborot agentliklari va Discovery, National Geographic loyihalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
24 soat efirga uzatiladigan telekanal 2014 yilda tashkil etilgan bo‘lsa, UzReport axborot agentligi 1999 yildan buyon faoliyat olib boradi.
Prezident administratsiyasining axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov yubiley munosabati bilan Ravshan Jo‘rayev, Gulnoza Husanova boshchiligidagi ijodiy jamoani tabrikladi.
“So‘z erkinligi, ma’lumotlarning xolis va tezkor yetkazilishi, odamlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida katta hissangiz bor. Islohotlar va jamoatchilikni qiziqtirgan masala-muammolarning yoritilishida o‘zgacha, professional yondashuvingiz bilan ajralib turasiz.
Nazarimda, xuddi yaqinda paydo bo‘lgan telekanal edi, vaholanki, mana, oradan 10 yil o‘tibdi. Telekanal 100 yoshga to‘lganda ham, o‘z auditoriyasini yo‘qotmasin”, – deya yozdi Allamjonov Telegram-sahifasida.
Mavzuga oid

20:34 / 30.06.2025
Toshkentda Euronews vakolatxonasi ochildi

17:57 / 28.06.2025
Qozog‘istonda OAV xodimlariga bayram munosabati bilan 66 ta uy topshirildi

21:26 / 27.06.2025
Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» mukofoti bilan taqdirlandi

18:39 / 27.06.2025