Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi
O‘zbekistonda oliygohlar, kollejlar va texnikumlarga qabul imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Kun.uz
Taklif etilayotgan yangi tartibga ko‘ra, abituriyentlar testni 1 marta topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, kollej yoki texnikumga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
Oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda bo‘ladi,
- 1-bosqichda abituriyent ro‘yxatdan o‘tib, test fanlarini tanlaydi;
- 2-bosqichda abituriyent test natijasi e’lon qilingandan keyin ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlaydi.
Ma’lumot uchun, bir necha yildan beri amal qilib kelayotgan tartibga ko‘ra, abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va bu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.
Mavzuga oid

07:05 / 07.07.2025
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

12:43 / 26.06.2025
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi

12:52 / 05.06.2025
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

12:24 / 18.02.2025