Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda o‘zbekistonlik 39 yoshli erkak 19 yilga qamaldi
Floridada sud AQSh hududiga bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallarini olib kirgan O‘zbekiston fuqarosi Sulton Nuriyevga 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

O‘zbekistonlik 39 yoshli Sulton Nuriyevning umrbod nazoratda bo‘lishi ham belgilandi.
Qayd etilishicha, u 2022-yilning 13 yanvarida AQShning Orlando shahridan (Florida shtati) Toshkentga jo‘nab ketgan. O‘sha yilning 20 fevralida esa Toshkentdan Orlandoga qaytgan.
Nuriyev AQShga qaytganida Qo‘shma Shtatlar bojxona va chegara xizmati xodimi uning mobil telefonini tekshirgan. Tekshiruv natijasida Nuriyevning telefonidan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik aks etgan tasvirlar topilgan.
Sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvlari esa Nuriyev O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtida internetda o‘zini 12 yoshli bola sifatida tanishtirib, voyaga yetmagan qizlarni shahvoniy suratlar olishga va ularni o‘ziga yuborishga undab kelgan.
Sud materiallariga ko‘ra, Nuriyev 2023 yilning 26 sentabrida aybiga iqror bo‘lgan.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28 / 02.08.2025
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30 / 02.08.2025