HUMO: 5 yillik muvaffaqiyat yo‘li
HUMO to‘lov tizimi bu yil tashkil topganligining 5 yilligini nishonlamoqda. Bugun to‘lov tizimi naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimida innovatsion yechimlarni qo‘llash hamda odamlarga qulaylik yaratishdek asosiy maqsadlariga erishdi desak bo‘ladi. Odamlarning bir tizim kartasiga bog‘lanib qolmasligiga, mamlakat karta biznesida raqobat, mijozlarda esa muqobillik paydo bo‘lishiga aynan HUMO turtki bo‘lgani hech kimga sir emas.
Bugun O‘zbekiston bo‘ylab 27 milliondan ortiq kartalar, 250 mingdan ortiq terminallar hamda 6500 dan ortiq bankomatlarni o‘z ichiga olgan HUMO to‘lov tizimi o‘z rivojlanish yo‘lining dastlabki kichik marrasini bosib o‘tdi. O‘tgan davr mobaynida “kontaksiz to‘lov”, “virtual karta”, “HUMOPay” kabi kundalik hayotimizda oddiydek bo‘lib qolgan tushunchalar bevosita HUMO to‘lov tizimining tashkil topishi bilan bog‘liq.
Hozirda xalqaro to‘lov tizimlari bilan to‘liq integratsiyalashgan, zamonaviy to‘lov usullarining barchasini o‘zida mujassam qilgan HUMO kartalari orqali bir daqiqada 6700 ta tranzaksiya o‘tmoqda, bu — bir yilda 1,6 milliard tranzaksiya deganidir. Shubhasiz, har bir tranzaksiya ortida u yoki bu mijozning ehtiyoji qondirilmoqda, u HUMO’ning qulayliklaridan foydalanmoqda.
O‘tgan 5 yillik muddat tarix uchun qisqa muddat bo‘lsa-da, to‘lov tizimi jamoasi, mijozlar va hamkorlarimiz uchun esda qolarli yutuqlar va muvaffaqiyatlarga boy bo‘ldi deyish mumkin. Yutuqlar va muvaffaqiyatlarga erishish esa oson bo‘lmagani tabiiy.
HUMO to‘lov tizimi o‘zining 5 yilligi munosabati bilan “Alter Ego” loyihasi bilan hamkorlikda maxsus videofilm tayyorladi. Ushbu filmda to‘lov tizimining o‘tgan yillar davomida erishgan natijalari, rivojlanish bosqichlari hamda uchragan qiyinchiliklar haqida ham so‘z boradi.
Videofilmni quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin:
Sayt: https://www.humocard.uz
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:03
-
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi
Jahon | 08:50
-
Isroil G‘azo janubidagi Xon-Yunus aholisi evakuatsiyasini talab qilmoqda
Jahon | 08:07
-
Xitoy YeIni «global barqarorlik» uchun o‘zaro hamkorlikka chaqirdi
Jahon | 08:03