Toshkentda o‘zganing plastik kartasidan 110 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
U jabrlanuvchining qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini to‘lov xizmatlaridan birining xodimi sifatida tanishtirib, plastik kartaga kiberhujum bo‘layotganini aytgan. Ushbu shaxs SMS xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritib, 110 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazib olgan.

Foto: Getty Images
Toshkent shahrida yashovchi 28 yoshli ayol N.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 110 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi X.R. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, X.R. jabrlanuvchi N.A.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini to‘lov xizmatlaridan birining xodimi sifatida tanishtirib, uning bank plastik kartasiga kiberhujum bo‘layotganligini aytib, SMS xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritib, 110 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazib olganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qonunga muvofiq, JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

11:42 / 14.06.2025
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

16:29 / 13.06.2025