Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodagi Bolalar muruvvat internatida bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik ishlatilgani aytilmoqda
Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro Bolalar muruvvat internatida bolalarga nisbatan turli jismoniy zo‘ravonlik holatlari sodir etilayotganligi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat o‘rganilayotganligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Muassasa xodimlariga oid mehnat munosabatlarini tashkil etilishi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
“Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarga jismoniy zarar yetganligini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, uning natijasiga ko‘ra holatga huquqiy baho beriladi”, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.
Mavzuga oid

09:54 / 09.07.2025
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi

20:42 / 06.07.2025
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

20:13 / 04.07.2025
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi

14:31 / 04.07.2025