Onix Qozog‘istonda O‘zbekistondagi chegirmali narxidan ham arzon sotilyapti
2024 yilning 7 oyida Qozog‘istonda Chevrolet brendi ostida 10 350 dona avtomobil sotilgan. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 2,5 barobarga kam. E’tiborlisi, Chevrolet Onix qo‘shni respublikada xaridorgir avtomobillardan biriga aylangan. Bunga ushbu modelning Qozog‘istonda O‘zbekistondagi chegirmali narxidan ham arzon sotilayotgani sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Joriy yil iyul oyida Qozog‘istonda Chevrolet brendi ostida 2376 dona avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,7 foizga kam.
2024 yilning yanvar-iyul oylaridagi umumiy ko‘rsatkich esa 10 350 donani tashkil etgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning dastlabki 7 oyi davomida qo‘shni respublikada 25 432 dona Chevrolet avtomobili sotilgan.
Xitoy brendlarining Qozog‘iston avtomobil bozoridagi ulushi oshib boryapti. Chery, Jac, Haval, Jetaour, Changan, Geely va boshqa brendlarning savdo hajmi keskin ko‘paygan.
E’tiborlisi, iyul oyida Qozog‘istonda 1450 dona Cobalt (eng ko‘p sotilgan ikkinchi avtomobil modeli) va 579 dona Onix (eng ko‘p sotilgan beshinchi avtomobil modeli) xarid qilingan.
Chevrolet-auto.kz ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda Onix'ning bir qator modellari O‘zbekistondagi chegirmali narxlarga nisbatan ham arzonroq.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors'ning Chevrolet Onix sotuvidagi 15 mln so‘mlik chegirmasi 2024 yil 1 martdan buyon amal qilib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

16:42 / 29.05.2025
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi

18:54 / 28.05.2025
“Senator so‘rov yubormaguncha pul olib yurilgan” - Tanzila Norboyeva import avtolarga ekosertifikat haqida

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

16:35 / 23.05.2025