Tesla 2025 yilda Xitoy va Yevropa bozorlariga «avtopilot» tizimini olib kirmoqchi
Xorij bozorlari birinchi yarim yillikda Tesla daromadining qariyb yarmini ta’minladi, xususan, uning 20 foizi Xitoy hisobiga to‘g‘ri keldi.

Foto: Tesla
Amerikaning Tesla kompaniyasi regulyatorlar tomonidan ruxsat beriladigan bo‘lsa keyingi yildan haydovchiga yordam beruvchi Full-Self Driving (FSD, «avtopilot») tizimini Xitoy va Yevropa bozorlariga kiritishni rejalashtirmoqda.
Iyul oyida kompaniya rahbari Ilon Mask Yevropa, Xitoy va boshqa FSD (Supervised) joriy yil oxirigacha tasdiqlanishi kutilayotganini aytgandi. Hozirda tizimdan AQSh va Kanadada foydalaniladi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, Tesla ushbu tizimni boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan litsenziyalashni muhokama qilgan.
O‘z nomiga qaramay FSD mashinani to‘liq avtonomga aylantirmaydi va doimiy nazoratni talab qiladi. Xorij bozorlari birinchi yarim yillikda Tesla daromadining qariyb yarmini ta’minladi, xususan, uning 20 foizi Xitoy hisobiga to‘g‘ri keldi.
Aprel oyida Tesla Euro NCAP — Yevropada sotiladigan transport vositalarini sertifikatlashga mas’ul organ vakillariga FSD imkoniyatlarini namoyish etgandi. Undan oldin esa Ilon Mask FSD’ni harakatlanish chap tomonlama bo‘lgan davlatlar sharoitida Tesla elektromobillarini boshqarishga o‘rgatishini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

15:04 / 09.06.2025
Maskning otasi Moskvada: Ilon xatoga yo‘l qo‘ydi

14:55 / 08.06.2025