Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “kotlovan” sabab yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi
Chilonzor tumanidagi holatga rasmiylar e’tibor qaratish shart. Boisi hodisa ro‘y bergan Novza ko‘chasidan har kuni minglab odamlar o‘tib-qaytadi. Yo‘lning qolgan qismi ham xavf ostida.

Foto: Videodan kadr
12 sentabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida kotlovan sabab yo‘lning bir qismi qulab tushdi. Holat tumanning Novza ko‘chasidagi yangi qurilishi reja qilingan Novza Rezidence ko‘p qavatli turar joy majmuasi hududida ro‘y bergan.
Kotlovan qazish ishlari ortidan binoning bir tomonidan Yetti terak ko‘chasiga olib kiradigan yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi. Yo‘lning qulashi kameraga tushib qolgan.
Kun.uz’dagi ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish ishlari “Runa International Trading INC” MJCh shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan olib borilmoqda.
Holatga rasmiylar e’tibor qaratishlari lozim. Chunki bu yo‘lning qolgan qismi ham qulab tushishi mumkin. Bu yo‘ldan esa har kuni minglab odamlar harakatlanadi. Yaqin orada Novza metrosi bekati va Davlat xizmatlari markazi, qator xususiy o‘quv markazlari, universitet joylashgan.
Kun.uz voqealar rivojini kuzatib boradi.
Mavzuga oid

21:26 / 07.07.2025
Sergeli City'ning ayrim bloklarida qurilish ishlari to‘xtatildi

16:47 / 02.07.2025
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

17:42 / 01.07.2025
O‘zbekistonda qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda

13:01 / 27.06.2025