Wildberries ofisidagi otishmada ishtirok etganlar tergov izolyatoriga jo‘natildi
Sud marketpleys ofisida otishma sodir etgan olti nafar ayblanuvchini 18 noyabrga qadar hibsga olishga qaror qildi.

Foto: Anton Novoderyojkin / Kommersant’
Moskvaning Basmanniy rayon sudi 19 sentabr, payshanba kuni Moskvaning «Romanov dvor» biznes markazidagi Wildberries ofisida sodir bo‘lgan otishma bo‘yicha olti nafar ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanladi. Sayfulayev A.A., Konoplev I.S., Nurmatov M.X., Kanayev R.M., Yefremov A.V., Majiyev M.X. 2024 yil 18 noyabrgacha hibsda qoladi.
O‘z navbatida, tergov Wildberries ofisidagi otishma bo‘yicha 27 kishini hibsga olishni talab qildi, deb yozadi RBK. Nashrga ko‘ra, jurnalistlar sud majlisiga kiritilmagan, bino politsiya tomonidan o‘rab olingan.
Shuningdek, 19 sentabr kuni marketpleys hammuassisi Vladislav Bakalchuk qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. Unga qotillik, qotillikka urinish, huquq-tartibot organi xodimini o‘ldirishga urinish va o‘zboshimchalik ayblovlari qo‘yilgan. Unga nisbatan ehtiyot chorasi hali tanlanmadi.
Moskvadagi Wildberries ofisida otishma
«Romanov dvor» biznes markazi Moskva markazida, Kremldan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. 18 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan otishmada ikki qo‘riqchi halok bo‘lgan. Voqeadan so‘ng Rossiya axborot agentliklari uch kishi, jumladan ikki politsiyachi jabrlangani haqida xabar berdi.
Shu kuni ertalab Wildberries RBK agentligiga «ofisga noqonuniy kirishga urinish bo‘lganini» aytdi. Wildberries egasi Tatyana Bakalchukning eri Vladislav Bakalchuk buni qo‘riqlash xizmati bilan amalga oshirishga harakat qildi. O‘zining Telegram-kanalida kompaniya egasi voqeani «reyderlik egallab olinishiga urinish» deb atadi.
Wildberries'ga egalik qilish uchun Bakalchuklar o‘rtasidagi ziddiyat
Vladislav va Tatyana Bakalchuk o‘rtasida ajrashish jarayoni bir necha oydan beri davom etmoqda. Ushbu fonda Wildberries Russ reklama kompaniyasi bilan «raqamli savdo platformasini yaratish» uchun hamkorlik qilmoqda. RBK yozganidek, qo‘shilish natijasida «RVB» yuridik shaxsi paydo bo‘ldi, uning 65 foizi «Vayldberriz» MChJga va 35 foizi Russ egalik qiluvchi «Stinn» MChJga tegishli.
Vladislav Bakalchuk kompaniyalarning birlashishini reyderlik deb atadi va u biznes boshqaruvidan chetlashtirilganini aytdi. 2024 yil iyul oyida u Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashdi va Wildberries «ochiq va shafqatsiz reyderlikka» uchraganini aytdi. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Tatyana Bakalchuk «reyderlar tomonidan eri va yetti farzandidan ajratib qo‘yilgan». «Er-xotinlar bir-birlarini ko‘rish va hech bo‘lmaganda nima bo‘layotganini muhokama qilish imkoniga ega emaslar», deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida va Bakalchukka yordam va’da qildi. Tatyana Bakalchukning so‘zlariga ko‘ra, Wildberries va Russ birlashishi oldindan rejalashtirilgan va eri Vladislav bilan kelishilgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
-
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi
Jahon | 00:21
-
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Fan-texnika | 00:05
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
Mavzuga oid

20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

19:05 / 05.05.2025
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi

23:41 / 17.04.2025