Polsha prezidenti fuqarolarni haqorat qilgani uchun sudga chaqiriladi
Anjyey Duda TV orqali «Yashil chegara» filmi tomoshabinlarini «cho‘chqalar» deb atagani ta’kidlanmoqda.

Foto: Getty Images
Polsha prezidenti Anjyey Duda prezidentlik muddati tugaganidan keyin fuqarolarni haqoratlash ishi bo‘yicha sudga chaqiriladi, deb xabar berdi Polshaning Ksenofobiya va irqchilik xulq-atvorini monitoring qilish markazi (NPO). Bu haqda RIA Novosti yozdi.
Ilgari markaz prezident ustidan migratsiya inqirozi mavzusini ko‘targan «Yashil chegara» filmi haqidagi bayonotlari yuzasidan shikoyat qilgan edi. Duda TV orqali film tomoshabinlarini «cho‘chqalar» deb atagan.
Markazning da’vosi bo‘yicha Varshava okrug sudida majlis 2025 yil 24 oktyabr kuniga belgilangan. Ish ochiq ko‘rib chiqiladi va hamma sud mahkamasiga onlayn ulanishi mumkin.
Rejissyor Agneshka Holland tomonidan suratga olingan «Yashil chegara» filmining premerasi 2023 yil sentabrida Venetsiya kinofestivalida bo‘lib o‘tdi. Film voqealari Belarus-Polsha chegarasida 2020 yillarning boshida sodir bo‘ladi. Bosh qahramonlar qochqinlar, afg‘onistonlik ingliz tili o‘qituvchisi va suriyalik oila Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishga harakat qilib, chegarada qolib ketishadi.
Anjyey Duda Polshaning TVP telekanalida filmni tanqid qilib, u «Polsha chegarachilarni haqorat qilmoqda», dedi. Prezident, shuningdek, «filmni tomosha qilgan chegarachilarning «Kinoteatrda faqat cho‘chqalar o‘tiradi» degan iborani qo‘llaganidan ajablanmaganini aytdi. Bu bayonotdan ko‘p o‘tmay, markaz prezident ustidan sudga da’vo kiritganini ma’lum qildi.
So‘nggi yangiliklar
-
Slovakiya deputatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalar uchun ovoz bermaslikka chaqirdi
Jahon | 12:12
-
NNT xorijiy safarlar haqida Adliya vazirligini xabardor qiladi
O‘zbekiston | 12:09
-
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05
-
O‘zbekiston mundialga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya
Sport | 11:54
Mavzuga oid

17:16 / 02.06.2025
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi

15:13 / 02.06.2025
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

09:30 / 02.06.2025
Ekzitpol: Polsha saylovlarida konservator Navrotskiy yetakchilik qilmoqda

18:37 / 29.05.2025