Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
Uzbekistan Airways’ga ko‘ra, samolyotning ortga qaytishiga yo‘lovchilardan birining sog‘ligi yomonlashgani sabab bo‘lgan.

Foto: Uzbekistan Airways
Bugun, 10 noyabr kuni Toshkent—Jidda yo‘nalishi bo‘yicha HY335 reysini bajaruvchi samolyot jo‘nab ketgan aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi, deb xabar beradi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, mazkur samolyotning ortga qaytishiga yo‘lovchilardan birining sog‘ligi yomonlashgani sabab bo‘lgan.
«Tez orada samolyot o‘z manziliga parvozni davom ettiradi. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz», — deyiladi xabarda.
Bir necha kun oldin Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot ikki marta favqulodda qo‘nishni amalga oshirgandi. Birinchi parvozda ushbu reys rossiyalik yo‘lovchi o‘zini yomon his qilgani sababli Toshkent aeroportiga qaytib kelgan bo‘lsa, ikkinchi parvozda esa homilador yo‘lovchi sababli Kanada aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi

23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi

23:57 / 09.05.2025