Toshkentdagi International va Lotte mehmonxonalari xususiylashtirildi
International otelini 26 mln dollarga Smart Fast Stroy sotib oldi. Lotte City Hotel uchun esa Alfa Invest sug‘urta kompaniyasi 20 mln dollar to‘laydi.

Toshkent shahrida joylashgan International (Inter Hotel) hamda Lotte City Hotel mehmonxonalaridagi davlat ulushi sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Yunusobod tumanidagi International oteli 26 mln dollarga “Smart Fast Stroy” MChJga sotilgan. Investor ushbu summadan tashqari mehmonxonaning tegishli bank oldidagi 14,7 mln yevrolik kreditini ham o‘z zimmasiga olgan, shuningdek, 41 mln dollardan ortiq investitsiya kiritish majburiyatini olgan.
Smart Fast Stroy 2023 yil avgust oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2023 yil 21 dekabr holatiga kompaniyaning yagona ta’sischisi va rahbari Muhiddinov Muhiddin Usmon o‘g‘li bo‘lgan, hozirda esa MChJ Aleksandr Valerevich Zaxaryanga tegishli, kompaniya rahbari sifatida Timur Zakirov ko‘rsatilgan. Aleksandr Zaxaryan Octo, Octopay, Octotelecom, Octo Games, Octo SMP, Octo Integro va Finance Invest Brok kompaniyalarining ham egasi hisoblanadi.
Davaktivga ko‘ra, International mehmonxonasini sotib olishga 6 ta kompaniya qiziqish bildirgan, lekin ulardan faqat 3 tasi majburiyatga ega takliflar yo‘llagan. Xususiylashtirish jarayoniga konsultant sifatida Deloitte, mustaqil baholovchi sifatida Ernst & Young jalb etilgan.
Ta’kidlanishicha, 26 mln dollarlik narx – Ernst & Young baholagan qiymatdan sezilarli yuqori, Deloitte bergan qiymatlar diapazonining yuqori qismida joylashgan.

Yunusobodda joylashgan yana bir mehmonxona – Lotte City Hotel Tashkent esa 20 mln dollar taklif qilgan Alfa Invest sug‘urta kompaniyasiga sotilgan.
Rasmiy xabarda aytilishicha, obektni xususiylashtirishga 15 ta kompaniya qiziqish bildirgan, ammo ulardan faqat 3 tasi majburiyatga ega takliflar bilan chiqqan.
“Lotte” mehmonxonasi tashqi ko‘rinishining arxitektura qiyofasini inobatga olgan holda kelgusida har qanday qurilish-ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini Qurilish vazirligi va Madaniy meros agentligi bilan kelishgan holda amalga oshirish bo‘yicha qat’iy talab qo‘yilgan va investor bu talabni qabul qilgan.
Davlat mulkini sotishda KPMG konsultant bo‘lgan, Deloitte mustaqil baholashni amalga oshirgan. 20 mln dollarlik narx – Deloitte baholagan qiymatdan yuqori, KPMG bergan qiymatlar diapazonining yuqori qismida joylashgani aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

15:34 / 05.06.2025
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi

22:38 / 03.06.2025
Bo‘rijar kanalidagi voqea qahramonlari “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

17:32 / 03.06.2025
Qurbon hayiti kuni poytaxtda jamoat transporti soat 03:00 dan ish boshlaydi

15:33 / 03.06.2025